Metropoliten ma’muriyati xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun kunidan boshlab Toshkent metropolitenining Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulug‘bek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, «Novza», «Toshkent», «Kosmonavtlar», «Chorsu», «Tinchlik», «Turkiston», «Shahriston», «Bodomzor» hamda «Minor» metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, bu metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) shu kunga qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.