2022 yil 26 may kuni soat 14:00 larda Qarşi şahridagi Islom Karimov köçasida taksi haydovçilari xavfsizlik kamarini taqmaganlik uçun belgilangan jarimadan norozi bölib yölni tösgandi.

Öşanda holat yuzasidan Qarşi şahar IIO FMB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilgani va jamoat tartibini buzgan haydovçilarni aniqlaş çoralari körilgani xabar qilingandi.

IIV matbuot kotibi Şohruh Ğiyosovning ma’lum qilişiça, Içki işlar organlari tomonidan holat örganilganda, Qarşidagi köçani tösib qöyganlar xususiy korxonada röyxatdan ötib, yölovçi taşiş bilan şuğullanayotgan 3 nafar haydovçi ekani ma’lum bölgan.

Mazkur holat böyiça ma’muriy iş hujjatlari JIB Qarşi şahar sudiga yuborilgan. Sudning qarori bilan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan MJtKning 201-moddasi 1-qismi (jamoat tartibini buziş) bilan 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan taşqari, yölni tösib qöyişda qatnaşib, jamoat tartibini buzgan 12 nafar haydovçi ogohlantirilgan.