Qashqadaryoda 20 yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qizga o‘z ismi yozilgan guvohnoma berildi
Hujjatlardagi xatolik tufayli qizga o‘g‘il bolaning ism-sharifi yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Tuman markazidan 180 kilometr uzoqlikda yashovchi oila guvohnomani o‘zgartirishga e’tibor bermagan.

Foto: Xalq so‘zi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 yildan buyon «Shafoatov Olim» deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.
«Xalq so‘zi»da xabar berilishicha, qiz tug‘ilganida unga yanglishib, «Shafoatov Olim» deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Ota-onaning e’tiborsizligi, tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli qizning o‘g‘il bola ismi va familiyasi qayd etilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘zgartirilmay qolib ketgan.
Murojaatdan so‘ng qizga o‘z ismi yozilgan guvohnoma berilgan.
«Kech bo‘lsa-da bu xato to‘g‘rilandi. Biz sayyor qabuldan so‘ng «Shafoatov Olim» guvohnomasi bilan yurgan qizga «Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi» deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik», deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
Mavzuga oid

09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi

18:54 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:13 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi

19:54 / 26.10.2023