Ukrainaga hozirça tört dona HIMARS yetkaziladi. Bu Rossiyaga qarşi turişda qanday yordam berişi mumkin?
|00:25 / 06.06.202244 74510 min
AQŞ Ukrainaga yetkazib beradigan öq-dori, qurol va harbiy texnikalarning navbatdagi paketidan ukrain harbiylari ançadan buyon sörab kelayotgan HIMARS baravar öt oçiş tizimlari ham örin olgan.
Vaşington hozirça Kiyevga bunday qurilmalarning faqat törttasini yetkazib beradi.
«HIMARS ularga [ukrainlar] qarşi turişda kengroq imkoniyatlar taqdim etadi. Hozirda biz ularga avvalroq yetkazib bergan gaubitsalar 30 km atrofidagi masofaga zarba berişi mumkin. HIMARS’ning öq otiş masofasi ikki barobardan oşiqroq, bu esa ularga hatto kam miqdordagi uçiriş qurilmalari bilan ham [rossiyalik harbiylarga] nisbatan muvaffaqiyatli qarşilik körsatiş imkonini beradi», – dedi AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal Pentagondagi brifingda.
2 iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞga «zamonaviy HIMARS baravar öt oçiş tizimlari» yuborayotgani uçun minnatdorçilik bildirdi. Uning sözlariga köra, Kiyevda «zamonaviy jangovar tizimlari yetkazib beriş hajmini yuqori darajaga olib çiqiş ustida işlanmoqda».
Ukraina aynan qança miqdorda baravar öt oçiş tizimlari yetkazib berilişini istaşi ma’lum emas, ammo ekspertlar fikriça, tört dona uçiriş qurilmasi harbiy harakatlar borişini özgartirişga qodir emas.
Ğildirakli şassiga örnatilgan HIMARS yengilroq va mobilroq böladi
Isroillik ekspert David Gendelmanning fikriça, hozirda Kiyev har qanday qurol yetkazib berilişidan minnatdor böladi, ammo bunday baravar öt oçiş tizimlaridan möjiza kutmaslik kerak.
«Ular [HIMARS] bunday hajmda qandaydir tizimli samara bera olmaydi. Ehtimol bular ilk qaldirğoçlar va kelgusida yetkazib beriş hajmi köpayar. Uşbu törtta qurilma, agar kiçik batareya qismi kabi birgalikda harakatlanişsa, qandaydir kiçik uçastkada ma’lum bir effekt beradi. Ammo şunisi aniqki, bu Ukraina istagan miqdor emas. Ularga köproq kerak», – degan ekspert.
David Gendelmanning davom ettirişiça, Ukrainaga «yuzlab baravar öt oçiş tizimlari» zarur böladi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç amerikaliklar jönatayotgan tört dona HIMARS baravar öt oçiş tizimlari «maşğulot» qurollari bölişi, kelgusida «ular köp hajmda kelişi»ni aytgan. «Öylaymanki, bittagina divizion (18 ta qurilma) emas, köproq – ikki-uçta böladi, köramiz», – degan Arestoviç.
Mavzuga oid
Pentagondagi brifingda ham bu hali dastlabki partiya ekani haqida aytilgan. Idora vakili ham ular öquv maşğulotlari uçun qöllanişini aytib ötgan. Ammo tölaqonli jönatma qaçon va qança miqdorda amalga oşirilişiga aniqlik kiritilmagan.
Qöşma Ştatlardan taşqari boşqalar ham Ukrainaga baravar öt oçiş tizimlari yetkazib bermoqçi. 2 iyun kuni Buyuk Britaniya ğildirakli yuk maşinasida olib yuriluvçi HIMARS’dan farqli ravişda gusenitsali M270B1 MLRS tizimlari hamda ikki barobar köp öq-dori yetkazib berilişini ma’lum qildi, ammo bu qurollar qança miqdorda va qaçon jönatilişiga aniqlik kiritilmagan. Buyuk Britaniya qurolli kuçlari ixtiyorida bunday tizimlardan 35 ta bor.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy baravar öt oçiş tizimlari Ukraina qurolli kuçlarini kuçaytirişi haqida gapirgandi. «Menda heç qanday sir yöq. Biz barça davlatlarga MLRS tizimlari yetkazib berişni sörab murojaat qilganmiz, ular yordamida Ukraina taşabbusni qölga olişi va öz hududlarini ozod qila boşlaşi mumkin», – degandi u.
Hozirgi mojaroda artilleriya juda muhim rol öynaydi. Kiyevga boşqa artilleriya tizimlari ham yetkazib berilgan.
Masalan, Ukraina AQŞdan 100 dan ortiq M777 gaubitsalari olgan, Polşadan 60 dona kalibri 155 millimetr bölgan «Krab» öziyurar artilleriya qurilmalari sotib olgan (ötgan haftada yana 18 dona gaubitsa Ukrainaga tekinga yuborildi).
May oyida Polşa 500 ta M142 HIMARS jangovar modullari sotib oliş böyiça AQŞga rasmiy sörov yuborgan – bu qurolni mamlakatning özida işlab çiqariş rejalaştirilgan. Rejaga köra, bir neça yildan keyin şunday uçiriş qurilmalarining 80 tasi işlab çiqariladi.
Ukraina qurolli kuçlarining özida ham uzoq masofaga otuvçi baravar öt oçiş tizimlari mavjud va ular frontda qöllab kelinmoqda.
Military Balance ma’lumotlariga köra, Ukraina armiyasida 2021 yil boşida sovetlar davriga mansub bölgan 70 dona 220 millimetr kalibrli 9P140 «Uragan», şuningdek, 81 dona 300 millimetr kalibrli 9A52 «Smerç» hamda «Smerç»ning ukrainlar tomonidan modernizatsiya qilingan versiyasi bölmiş «Olxa» baravar öt oçiş tizimlaridan 80 dan ortiği bölgan.
Rossiya arsenalida baravar öt oçiş tizimlari soni ança köproq. Military Balance ma’lumotiga köra, 2021 yil boşida RF qurolli kuçlari ixtiyorida 206 ta «Uragan», şuningdek 120 ta «Smerç» va «Tornado-S» bölgan.
«Smerç» tizimlari uruşda keng qöllanmoqda - rossiyaliklarning raketalari qismlari Borodyanka hududida topilgan
2 mart kuni Kiyevdagi «Luç» konstruktiv byurosi 24 fevraldan buyon Ukraina qurolli kuçlari R624 «Olxa» raketalari bilan 50 dan ortiq aniq zarba yöllaganini xabar bergandi. Bu bir neça yil muqaddam yaratilgan, yuqori aniqlikda va uzoq masofaga harakatlanuvçi yangi raketadir. Ulardan qança miqdorda işlab çiqarilgani ma’lum emas, ammo oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, ularning soni atigi bir neça yuzta bölgan.
Ukrainlarning «Olxa», «Smerç» tizimlari va uning Rossiyada yangilangan versiyasi «Tornado S» uçun kassetali, kumulyativ, parçalanib-portlovçi va hatto termobarik öq-dorilar yaratilgan.
Ayrim maxsus snaryadlarning uçiş masofasi 120 kilometrgaça yetadi, ammo aksar raketalarni 90 kilometrga otiş mumkin.
Bundan taşqari, «Smerç» (va uning yangilangan versiyalari) masofadan minalaştiriş uçun ham qöllanadi – ba’zi raketalar tankka qarşi va piyodaga qarşi minalar taşlaydi.
Uç oydan oşiq davom etayotgan harbiy harakatlardan keyin Ukraina va RF qurolli kuçlari arsenalida qançadan raketa qolgani ma’lum emas.
Ukraina armiyasidagi «Smerç», u 2015 yil Kramatorskda suratga olingan. Foto: AFP
«Uragan» – nisbatan kuçsizroq va eskiroq tizim, qolaversa uni qöllaş ham ança murakkab, ammo u orqali 35 kilometrga otiş mumkin, bu esa raqibning tizimlari javob qaytara olmaydigan nuqtadan turib öt oçiş imkonini beradi, uning otiş masofasi ukrainlar tomonidan keng qöllanadigan «Grad» baravar öt oçiş tizimlari va D-30 gaubitsalarinikidan ança ustunroq.
Ukrain va Rossiyada bu qurollar hozirda qanday holatda ekani va ular uçun qança snaryad qolgani ham ma’lum emas.
Amerikaliklar yetkazib berayotgan HIMARS tizimlari uçun qança miqdorda snaryadlar berilişi haqida aniq ma’lumot yöq, ammo şunisi ma’lumki, bular GMLRS rusumli yuqori aniqlikdagi harakat qiluvçi raketalar böladi.
«Smerç» va «Olxa», ayniqsa eski «Uragan»lardan farqli ölaroq, HIMARS uçun öq-dorini xorijdan yetkazib beriş mumkin. Har qanday uruşda raketalar sarflanişi hajmi juda katta, Ukraina armiyasi esa ularni doimiy ravişda töldirib borişi kerak böladi.
Baravar öt oçiş tizimlari muhim nişonlarga qarşi
M270 MLRS va M142 HIMARS baravar öt oçiş tizimlari – yaqin «qarindoşlar» hisoblanadi. Ular şassilari va uçiriş konteynerlari bilan farq qiladi.
MLRS ötgan asrning 70-yillarida işlab çiqilgan, 1983 yildan armiyada qöllana boşlangan, ötgan vaqt mobaynida bir neça bor modernizatsiya qilingan. HIMARS 1990-yillar oxirida paydo bölgan va raketa uçiriş qurilmalarining nisbatan mobil va yengil versiyasi hisoblanadi.
MLRS’da ikkita uçiriş konteyneri gusenitsali şassiga örnatilgan, olti ğildirakli yuk maşinasida olib yuriladigan HIMARS’da esa bunday blokdan (uçiriş konteyneri) faqat bitta.
Har bir uçiriş konteynerida 277 millimetr kalibrli oltita raketa yoki 300 kilometr masofagaça yetib boruvçi ATACMS operativ-taktik raketasidan bittasini örnatiş mumkin.
Bulardan taşqari, MLRS va HIMARS yana ikki tipdagi raketalardan foydalanişi mumkin. Birinçisi – maksimal uçiş masofasi 32 kilometr bölgan M26 yoki uning yaxşilangan zamonaviy versiyasi M26A1 (uçiş masofasi 45 kilometrgaça). Uçiriş konteynerida bunday raketalardan oltitasi joylaşadi.
Ikkinçi öq-dori – 76 kilometrgaça harakatlana oladigan boşqariluvçi GMLRS raketalari. AQŞ baravar öt oçiş tizimlari bilan aynan şunday raketalarni jönatmoqda.
Ukraina Amerikadan baravar öt oçiş tizimlaridan taşqari boşqa aniqroq zarba beruvçi qurollar olişga ham harakat qilmoqda.
Ukraina qurolli kuçlari rioya etayotgan taktika – razvedka orqali yaxşi örganilgan nişonlarga aniq zarba berişga asoslanadi. Ukrain harbiylari artilleriya uçun nişonlarni belgilab beriş va zarbalarni yönaltiriş uçun dronlar yordamidan keng foydalanadi.
Şu tufayli, ularga «olov devori»ni örnatişdan köra, kam sonli bölsa-da, muayyan obektlarga aniq zarbalar berişda qöl keladigan Amerika raketa tizimlari zarur.