Uslubiyot davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibiy va hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha talablarni belgilab beradi hamda tashkilot tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Davlat tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
davlat tashkiloti faoliyatini har tomonlama tahlil qilish yo‘li bilan korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p duch keladigan davlat tashkiloti xodimlarining funksiyalari va lavozimlarini belgilash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish.
Davlat tashkilotidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash quyidagilar ishlab chiqilishini nazarda tutadi:
korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur.
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili bir marotaba quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash zaruriyati kelib chiqqanda;
davlat tashkiloti faoliyatiga doir qonun hujjatlari talablari o‘zgarganda;
funksiya va tartib-taomillarni amalga oshirishga jiddiy ta’sir qiladigan tarzda davlat tashkiloti ichki hujjatlari o‘zgarganda;
davlat tashkiloti tashkiliy tuzilmasida, xavf-xatar mavjud funksiyalarning xususiyatlari o‘zgarganda yoki yangi funksiyalar joriy etilganda.
Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash muntazam ravishda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan sohalarda quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
davlat tashkiloti xodimi tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilganda;
















