Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar qon bilan ishlash xizmatini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish,  donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko‘rsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qon bilan ishlash xizmati muassasalarini yuqori texnologik uskunalari bilan jihozlash, gemotransmisciv infeksiyalarga tekshirishda zamonaviy immunoferment tekshiruvlari bilan bir qatorda PZR-tekshiruvlarini amaliyotga tatbiq etish;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida klinik va ishlab chiqarish transfuziologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, soha xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oshirishni tashkil etish;

transfuziologiya yo‘nalishida yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, xodimlar ilmiy salohiyatini oshirish;

qon bilan ishlash xizmati muassasalari sarf vositalariga bo‘lgan ehtiyojini budjet mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplash;

ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi orasida qon donorligi ahamiyatini keng targ‘ib qilish, beg‘araz donorlikni rivojlantirish bo‘yicha volontyorlik harakatini ommalashtirish, sayyor donorlik ko‘lamini kengaytirish.

Har oy ikkinchi haftasi “Qon donorligi haftaligi” etib belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari  bilan birgalikda “Qon donorligi haftaligi” doirasida:

aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini targ‘ib etuvchi videoroliklar tayyorlaydi;

qon donorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

qon donorligi muammolariga bag‘ishlangan ijtimoiy reklama mahsulotlarini tayyorlaydi;