Saudiya Arabistoni podşohligi tomonidan Özbekistonga xurmo mahsulotlari sovğa sifatida taqdim etildi. 7 iyun kuni uşbu mamlakatning Özbekistondagi elçisi Yusuf ibn Solih al-Gahra al–Utaybiy podşoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik işlari markazi delegatsiyasi a’zolari bilan uşbu xurmoni topşiriş marosimida qatnaşdi.

Şuningdek, marosimda Özbekiston musulmonlar idorasi raisi birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov, Din işlari böyiça qömita raisi birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov, Islom sivilizatsiya markazi direktori örinbosari Firdavs Xalimov, «Vaqf» xayriya jamoat fondi boşqaruv kengaşi raisi vazifasini bajaruvçi Muzaffar Salomov iştirok etdi.

Tadbirda Homidjon Işmatbekov Saudiya Arabistoni podşohligi hukumati va podşoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik işlari markaziga sovğa uçun minnatdorçilik bildirib, uning birinçi marta taqdim etilmayotgani va bunday xayriya işlari özaro aloqalar ramzi ekanini ta’kidladi.

Elçi esa Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning turli sohalarda Saudiya – Özbekiston aloqalari rivojlanişida tutgan muhim örnini qayd etib ötdi. Xususan, sönggi ikki yilda ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar sezilarli darajada rivojlangani ta’kidlandi.