Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, bu ko‘rsatkichlarni uddalash mumkinligi Buxoro viloyati misolida tushuntirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Misol uchun, Buxoro shahridagi tadbirkorlar eski shahardagi mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida restoran va kafeteriylar tashkil etgan.

Shu kabi shaharning 8 ta markaziy ko‘chasida joylashgan davlat tashkilotlarining 50 ga yaqin binolari 1-qavatida 100 dan ziyod restoran va kafeteriylar, servis joylarini tashkil etish imkoni mavjud.

Viloyat hokimlariga Buxoro tajribasini 28 ta shahar, barcha tuman markazlari hamda poytaxt tumanlarida joriy qilish topshirildi.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga respublika bo‘yicha davlat idoralarining balansidagi, yo‘l bo‘ylarida joylashgan 4 mingga yaqin ma’muriy binolaridan servis sohasida samarali foydalanish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilishda oy yakuni bilan 25 mingta yer uchastkalarini servis va savdo obektlari uchun auksionga chiqarish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.