O‘quvchilarning yozgi ta’til tadbirlari va oromgohlar uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi
Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Yoz-2022” shtabi tashkil etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lumot berdi.

Foto: Zomin Sunrise
Qayd etilishicha, 205 ta statsionar oromgohda faoliyat yuritish uchun jami 4 683 nafar pedagog kadrlar ro‘yxati shakllantirilib, ular maxsus o‘quv dasturlari asosida o‘qitildi.
Joriy yilgi yoz mavsumida jami 1 131 ta oromgoh (205 ta statsionar va 926 ta sog‘lomlashtirish maydonchasi) faoliyat ko‘rsatib, ularda 297 441 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, mavsum davomida bolalarning oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun jami 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.
8 iyun holatiga 533 ta ta’lim muassasasida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 47 840 nafar bolalar dam olmoqda.
Sog‘lomlashtirish maydonchalarida turli rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlari, tasviriy san’at, mental arifmetika kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, kinozallar tashkil etilib, bolalarga mo‘ljallangan kino va multfilmlar namoyish etilmoqda, bolalar uchun sun’iy suzish havzalari ham tashkil etilgan.
Mavzuga oid

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

16:40 / 18.12.2024