Tergov komissiyasi 2021 yil 6 yanvardagi tartibsizliklarni davlat töntarişiga uriniş deb atadi. «Zöravonlik tasodif hodisa bölmagan. Bu Trampning sönggi urinişi edi», - dedi kongressmenlar.

AQŞ kongressining Kapitoliyga amalga oşirilgan hujumni tergov qiliş komissiyasi 2021 yil 6 yanvarda Vaşingtondagi tartibsizliklar uçun asosiy javobgarlikni öşa paytdagi prezident Donald Trampga yukladi. 

«6 yanvar kuni davlat töntarişiga uriniş, hukumatni ağdariş uçun qöpol harakatning avj nuqtasi böldi. Zöravonlik tasodifiy hodisa bölmagan. Bu Trampning sönggi urinişi edi», — dedi komissiya raisi, Demokratik partiyadan kongressmen Benni Tompson 9 iyun, payşanba kungi eşituvlar davomida.

Tergov komissiyasi raisining örinbosari, respublikaçi Liz Çeyni şunday dedi: «Prezident Tramp olomonni çaqirib, uni töpladi va bu hujum alangasini yoqdi». Kapitoliyga bostirib kiriş sodir bölganidan keyin AQŞ kongressi vakillar palatasining komissiyasi Trampning öşa voqealardagi rolini aniqlaş uçun 140 mingdan ortiq hujjatlarni örganib çiqdi va mingdan ortiq guvohlar bilan suhbatlaşdi.

Çeyni sözlariga köra, tergov komissiyasining xulosasiga köra, öşa paytdagi prezident saylovlarni soxtalaştiriş böyiça nohaq ayblovlarni ilgari surgan, voqeaga aralaşib, olomonni tinçitiş örniga tartibsizliklarga undagan va öz lavozimida qoliş uçun korrupsiyadan foydalangan. 

Televideniyeda jonli efirga uzatilgan va oltita rejalaştirilgan sessiyalarning birinçisi bölgan komissiya yiğilişida asosiy maslahatçilar va Tramp oilasi a’zolariga e’tibor qaratildi. Sud majlisiga ikki guvoh ham taklif qilindi - tartibsizliklar paytida boşidan jarohat olgan politsiyaçi Kerolayn Edvardz va Proud Boys guruhining öng qanot ekstremistlarini suratga olgan operator Nik Kuested. Kongressmenlar Trampning qizi Ivanka va uning turmuş örtoği Jared Kuşner, AQŞ sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens va boş prokuror Uilyam Barrning videolari va guvohliklarini namoyiş qildi. 

Tergov guruhiga köra, Trampning saylovoldi ştabi a’zolari, jumladan, uning qizi Ivanka sobiq prezidentning saylovlarni soxtalaştiriş haqidagi yolğon ayblovlarini rad etgan. Bir qator sudlar, amaldorlar va Tramp ma’muriyati a’zolari avval ham şunday qilgandi.

Şu bilan birga, Donald Trampning özi hamon 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida mağlubiyatga uçragani yirik miqyosdagi firibgarlik natijasi bölgani haqidagi iddaolardan qaytgani yöq. Kongressdagi eşituvlarning birinçi bosqiçi arafasida u tergov komissiyasi faoliyatini keskin tanqid qildi. Tramp 2024 yilda AQŞ prezidentligi uçun yana öz nomzodini qöyişini istisno etmayapti.