Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida avtokredit uçun tölangan 1,6 mlrd söm pul mablağlarini noqonuniy özlaştirgan şaxs qölga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2020 yilning oktabr oyidan 2021 yilning aprel oyiga qadar Ş.C. özining 4 nafar şerigi bilan “LID CAR” nomli MÇJ taşkil etib, “3 yil muddatga 15 foizlik kredit” asosida 90 kun içida avtomaşina olib berişi haqida yolğon axborotlarni Telegram ijtimoiy tarmoğidagi kanal orqali tarqatgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lumotiga köra, u fuqarolarni aldab, ularning pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan özlaştirib kelgan.

Uyuşgan guruh dastlab faoliyatini Toşkent şahrida, söng Qaşqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqaroning jami 1,6 mlrd söm pullarini noqonuniy ravişda qölga kiritgan.

Uyuşgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyuşgan jinoiy guruh taşkilotçisi, 1990 yilda tuğilgan Ş.C. tergovdan böyin tovlab, javobgarlikdan qutuliş maqsadida yaşiringani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.

Bildirilişiça, joriy yil 8 iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021 yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bölgan Ş.S. Toşkent viloyati Çirçiq şahri hududida xonadonlarda yaşirinib yaşab kelayotgani aniqlanib, qölga olingan va tergov organiga topşirilgan.