9 iyundan haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon topşiriş böyiça “Toşkent viloyati imtihon markazi” iş boşladi. Ohangaron tumanida joylaşgan bu yangi markazning rasman oçilişi va taqdimoti bölib ötdi.

Tadbirda Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda loyiha taşabbuskori Komil Allamjonov iştirok etdi.

YeXDr-IjByKtEyBSpncE-7xZIM9vJXYa.jpg (1280×853)

Bunday avtomatlaştirilgan markaz Toşkent şahrida 4 fevraldan faoliyat boşlagan edi. Uning asosçisi Komil Allamjonovning aytişiça, ötgan vaqt davomida poytaxtdagi imtihon markaziga kelgan talabgorlarning 30 foizi haydovçilik guvohnomasini olgan, qolgan 70 foizi, ya’ni 7 mingdan ziyod öquvçi imtihonlardan yiqilgan.

“Turli fikrlar böladi, ya’ni “imtihon qiyin, imtihon ataylab qiyin qilingan” degan gaplar uçrab turadi. Bularning hammasi notöğri. Imtihondan yiqilişning sababi – maktablarda öqişning yaxşi bölmagani, maktablarda öqişning sifati juda ham pasayib ketganidan.

Öylaymanki, mana şu tizim har bir öquvçini huşyor tortişga va borib bilim olişga majburlab qöyadi. Şu bilan birga, yana bir narsani aytiş mumkinki, bugun Toşkent şahrida imtihon bilan boğliq korrupsiya nolga tenglaştirildi, sinov jarayonlari bilan boğliq turli qönğiroqlar, turli taniş-bilişçilik holatlari nolga tenglaştirildi. Hozir Toşkent şahrida faqatgina bilimi borlargina haydovçilik guvohnomasini olyapti, bilimi borlargina yölga çiqyapti, yöl harakati iştirokçisiga aylanyapti.

Şu islohot natijasida aynan şunday markaz paydo böldi. Bundan keyin va’da berib aytamanki, Toşkent viloyatida ham korrupsiya holati, “prava” oliş bilan boğliq taniş-bilişçiliklar nolga tenglaştiriladi. Bu tizim aynan şunga xizmat qiladi, bu tizim aynan şunday natija berişi aniq”, – dedi u.

Toşkent viloyati imtihon markazining imkoniyatlari poytaxtdagi bilan teng. Unda har kuni 600 nafardan ziyod odam nazariy, 250 nafar talabgor esa haydaş mahorati böyiça imtihonlarni topşirişi mumkin.

Sinov jarayonlari töliq avtomatlaştirilgan. Fuqaro markazga kelganidan söng u birinçi örinda röyxatdan ötişi va individual QR-kod olişi lozim. Keyingi bosqiçda nazariy va amaliy imtihonlar uçun tölovni amalga oşiriş zarur.