Britaniya Ukrainaga M270 reaktiv tizimlari jönatmoqda. Ular nimani özgartiradi?
|02:55 / 13.06.202237 60411 min
AQŞ ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga Rossiya bilan munosabatlar keskinlaşişi tahdidiga qaramay uzoq masofaga zarba beruvçi artilleriya qurollari jönatmoqda. Britanlar mudofaa vaziri Ben Uollesning sözlariga köra, M270 baravar öt oçiş reaktiv tizimlari Ukrainaga Rossiya tajovuzidan yaxşiroq himoyalaniş imkonini beradi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Hukumatdagilar Ukrainaga aynan qança qurol jönatilişiga aniqlik kiritmagan, ammo BBC aniqlik kiritişiça, hozirça faqat uç dona M270 beriladi.
Ğarb harbiy ekspertlari Rossiya armiyasining Donbassdagi sönggi muvaffaqiyatlarini, jumladan Severodonetskning bir qismi egallab olinişini aynan oğir texnika va artilleriya borasidagi ustunligi bilan izohlamoqda. Ukrain harbiylari Ğarbdan baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yetkazib berilişi avvalroq yaqin masofadagi janglarda muvaffaqiyatsizlikka uçragan Rossiya qöşinlariga samaraliroq zarba beriş imkoniyatini taqdim etişiga umid qilişmoqda.
Ötgan haftada AQŞ özining baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan Ukrainaga jönatişini e’lon qilgandi.
Vaşingtonning Ukrainaga M142 (HIMARS) tizimlarini yuboriş qaroriga Moskva tomonidan reaksiya berildi: rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin agar Ğarb davlatlari Ukrainaga uzoq masofaga otuvçi artilleriya qurollari yetkazib berişni boşlsa, Rossiya armiyasi zarba berişi mumkin bölgan nişonlar röyxatini kengaytiriş bilan tahdid qildi.
Buyuk Britaniya hukumati yaqin haftalarda ukrain harbiylari Britaniya hududida yangi qurollardan foydalanişni örganiş böyiça kurslardan ötişini ma’lum qilgan.
M270 baravar öt oçiş reaktiv tizimlari bir daqiqa içida «yer-yer» tipidagi 12 raketa uçirişi va yuqori aniqlikda harakatlanib, 80 km masofadagi nişonga zarba berişi mumkin. Bu ayni vaqtda Ukraina armiyasi ixtiyorida bölgan artilleriya qurollarining imkoniyatlaridan ança ustunroq.
Uollesning sözlariga köra, Buyuk Britaniya ukrain qöşinlarini «hayotiy muhim qurollar» bilan ta’minlaşda yetakçi rol öynamoqda.
«Rossiyaning taktikasi özgarar ekan, bizning Ukrainani qöllab-quvvatlaşimiz ham özgarişi kerak. Bu yuqori samarador baravar öt oçiş reaktiv tizimlari putinçi kuçlar şaharlarni yakson qiliş uçun uzoqdan turib ayamay artilleriya zarbalari yöllayotgan vaqtda ukrain döstlarimizga yaxşiroq himoyalaniş imkonini beradi», degan u.
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya va AQŞ uruş boşidan buyon Ukrainaga katta miqdorda qurol-yaroğ yetkazib bermoqda, ammo yuqori aniqlikdagi raketalar yetkazib berilişi sezilarli özgariş, deya qayd etadi BBC harbiy korrespondenti Jonatan Bil. Şuningdek, bu Ukraina hozirda Rossiyaning ulkan artilleriya arsenali bilan bellaşa olmasligi tan olinişi hamdir.
Tahlil: Ğarb raketalari vaziyatni bir soat içida özgartirib qöya olmaydi
Quruqlikdagi harbiy harakatlar böyiça britaniyalik ekspert, doktor Jyek Uotlingning sözlariga köra, AQŞ va Buyuk Britaniya Ukrainaga jönatişni va’da qilgan zamonaviy baravar öt oçiş reaktiv tizimlari frontdagi vaziyatni özgartirişi mumkin, ammo bu bir soatlik iş emas.
Qirollik birlaşgan mudofaa tadqiqot institutida (RUSI) işlovçi Uotling BBC radiosi bilan suhbatda Ukrainaga jönatilişi kerak bölgan M270 raketa qurilmalari - «Britaniya armiyasidagi eng qimmatli aktiv» ekanini qayd etgan.
Uning fikriça, bu tizimlar Ukraina şarqida Rossiya artilleriyasini «işdan çiqarişi» mumkin. Ammo ukrainlar hali ulardan foydalanişni örganişlari kerak, Buyuk Britaniyada esa Ukrainaga beriş uçun bunday tizimlar soni u qadar köp emas
Rossiya prezidenti Putinning agar Ğarb uzoq masofaga otuvçi tizimlarni yuborişiga javoban nişonlar röyxatini kengaytiriş böyiça tahdidi haqida Uotling buni qiliş «ança murakkabligi», çunki Moskva allaqaçon Ukraina iqtisodiyoti uçun muhim obektlar va uning harbiy pozitsiyalarini öqqa tutib kelayotganini aytgan.
Kiyevda bölib turgan BBC jurnalisti Jo Invud Donbassdagi jang taqdirini artilleriya hal qilişi mumkinligini aytadi.
«Rossiya jangda qöllaşi mumkin bölgan katta öq otiş kuçiga ega. Ammo - tizimsiz. Buyuk Britaniya yuborgan yangi raketa tizimlari ham Ukrainaga Rossiyaning ulkan töplari va raketalarining vayronkor kuçi bilan raqobat qiliş imkonini bermasligi mumkin, ammo ular qarşi javob zarbasi berişi va oxir-oqibat raqib vositalarining surobini töğrilab qöyişi kerak», degan Invud.
Invud biroz avvalroq Severodonetsk qulaşi muqarrardek köringanini, ammo keyin ukrainlar qarşi hujumlarga ötib, Rossiya kuçlari uçun eng kiçik maqsadlarga ham katta qiyinçiliklar bilan erişayotganini qayd etgan.
May oyi oxirida Vaşington Ukrainaga törtta HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yuborişini e’lon qilgandi - bu qurollar Rossiya hududidagi nişonlarga qarşi qöllanmasligi böyiça kafolat olingan. Bunday çeklov britanlarning M270 tizimlariga ham taalluqli böladi.
Ötgan haftada «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida Putin şunday degandi: «Umuman olganda, qöşimça qurol yetkazib beriş böyiça şovqinlar, menimça, faqat bitta maqsadni közlaydi - qurolli mojaroni imkon qadar uzoq çöziş».
U agar Ukrainaga baribir uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar yetib kelsa, Rossiya kerakli xulosalar çiqarişi va «şu vaqtga qadar tegilmagan obektlarga zarba berişni boşlaşi»ni qöşimça qilgandi.
Buyuk Britaniya uruş boşidan buyon 5000 donadan ortiq yangi avloddagi tankka qarşi qurollar (NLAW) yetkazib bergan.
Kiyev Britaniyadan kiçik masofadagi nişonlarni urişga möljallangan Brimstone 1 raketalari, Mastiff zirhli maşinalari va Starstreak havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini olgan. Britaniya hukumati ma’lumotiga köra, şu vaqtgaça 750 million funt sterling hajmidagi qurollar yetkazib berilgan.
Yana boşqa bir qança davlatlar ham Ukrainaga zamonaviy qurollar berişni va’da qilgan. Masalan, Germaniya öz armiyasi ixtiyoridagi zamonaviy Iris-T havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etmoqçi.
Britaniya Ukrainaga beş ming donadan ortiq yangi avloddagi NLAW tankka qarşi raketa majmualari yetkazib bergan.
NLAW majmuasi - qisqa masofadan turib bitta raketa bilan zirhli maşinani yöq qilişga ixtisoslaşgan.
Şoşilinç yetkazib beriladigan qurollarga muhtoj bölgan Ukraina qurollari kuçlari uçun bunday tizimlar taşilişi va foydalanilişi jihatdan qulay edi. Askar uni qöllaşni bir kundan kamroq vaqt içida örganişi mumkin.
Köplab tahlilçilarning hisoblaşiça, bu tizimlar allaqaçon uruşning keçişiga ta’sir körsatgan.
Qisqa masofaga harakatlanuvçi raketalar
Britaniya mudofaa vaziri örinbosari Jyeyms Geppi 28 aprel kuni Ukrainaga yuzta Brimstone raketalari jönatilganini tasdiqlagandi.
AQŞ harbiy dengiz kuçlari sobiq harbiysi, kapitan Kris Karlsonning sözlariga köra, Brimstone tanklar, artilleriya qurilmalari va ayrim kiçik kemalar, masalan desant korabllariga qarşi qöllanişi mumkin.
Odatda bunday raketalar samolyotlardan uçiriladi, ammo Ukrainada ularni yuk maşinasidan uçiriladigan qilib modifikatsiya qilişdi.
Brimstone katta kemalarni çöktiriş uçun juda kiçiklik qiladi, ammo nişonga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
Zirhli transportyorlar
Britaniya Ukrainaga 120 ta zirhli avtomobillar jönatgan, ular orasida Mastiff patrul maşinalari ham bor.
Mastiff Afğonistonda britan harbiylari tomonidan keng qöllangan, bu texnika yerga kömilgan minalar va qölbola portlovçi qurilmalardan yaxşi himoyalangan.
Tahlilçilar aytişiça, köp hududi minalangan Donbassda Mastiff ukrain harbiylari uçun qöl keladi. Uruş qilayotgan tomonlarning ikkisi ham piyodalarga qarşi minalardan keng foydalanmoqda, bu orqali duşman transport vositalarini tankka qarşi qurollar bilan yöq qiliş mumkin bölgan hududlarga haydab boriş möljallangan.
Dronlar
Britaniya mudofaa vazirligiga köra, Ukraina ajralib qolgan kuçlarini moddiy-texnik ta’minlaşi uçun önlab yirik uçuvçisiz uçiş apparatlari yetkazib berilgan.
Tahlilçilarning sözlariga köra, rossiyaliklar artilleriyasi tomonidan öqqa tutiliş va qurşovga tuşib qoliş ehtimoli yuqori bölgan vaziyatda oldingi çiziqqa zaxiralar yetkazib berişda dronlar juda samarali bölişi mumkin.
Rossiya hozirgaça Ukraina armiyasining şarqdagi yirik guruhlarini qurşovga olişga muvaffaq bölmagan bölsa-da, ayrim hududlar doimiy ravişda öqqa tutilişi davom etmoqda.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari
Britaniya Ukrainaga beşta havo hujumida mudofaa tizimi, jumladan Starstreak raketalari yetkazib berilganini ma’lum qilgan.
Bu tizimlar juda past uçayotgan qiruvçi samolyotlar va vertolyotlarga zarba beriş uçun möljallangan.
Havo hujumidan mudofaa tizimlarining boşqa raketalaridan farqli ravişda, köplab samolyotlar ega bölgan qarşi çoralardan immunitetga ega, uni çalğitiş deyarli imkonsiz.
Ammo Starstreak NLAW kabi tizimlardan farqli ölaroq, tayyorgarlik uçun köp vaqt talab etadi va tahlilçilar fikriça, uzoq masofaga harakatlanuvçi havo hujumidan mudofaa tizimlari örnini bosa olmaydi.
Bundan taşqari, uruş boşidan buyon Buyuk Britaniya Ukrainaga quyidagilarni jönatgan:
200 dan ortiq Javelin tankka qarşi raketalari;
1360 ta konstruksiyaga qarşi snaryadlar;
4,5 tonna plastik portlovçi moddalar;
öqotar qurollar uçun 400 mingdan oşiq patronlar;
200 mingdan oşiq himoya vositalari, jumladan, dubulğalar, zirhli nimçalar, masofa ölçagiçlar va tibbiy jihozlar;