Raketalarning har biri Boltiq dengizidagi 15 kilometrgaça uzoqlikda bölgan kiçik ölçamli nişonlarni yöq qildi.
Estoniyalik harbiylar HIMARS reaktiv zalp öt oçiş tizimlari yordamida jangovar maşğulotlarni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Öt oçiş videosi mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Tört oylik maşğulotlardan keyin estoniyalik harbiylar 11 iyul kuni ilk bor HIMARS reaktiv zalp öt oçiş tizimidan jangovar holatda sinab kördi. Estoniya Mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, har bir raketa Boltiq dengizida 15 kilometrgaça bölgan uzoqlikdagi kiçik ölçamli nişonlarni yakson qilgan.
Mudofaa idorasi uşbu öt oçişlarni «tarixiy voqea» deb atadi.
Raketalar Saaremaa oroli sohillaridan uçirilgan va ular bir daqiqadan kamroq vaqt içida nişonlarga yetib borgan.
HIMARS’dan foydalaniş böyiça öquv maşğulotlari bir neça oy davom etdi. Podpolkovnik Rauno Viytmanning ta’kidlaşiça, artilleriyaçilar reaktiv zalp öt oçiş tizimlari operatorlari sifatida qayta tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli ötgan.
Eslatib ötamiz, aprel oyida Estoniyaning Emari aviabazasiga oltita HIMARS yetkazilgan edi. Uşbu tizimlar xaridi — Boltiqböyi davlatlarining hamkorlikdagi loyihasidir. Tez orada tizimlar Latviya va Litvaga ham yetkaziladi.
















