AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan işlab çiqilgan yangi PURL dasturi doirasida Ukrainaga harbiy yordamning dastlabki ikki paketi Patriot havo mudofaa tizimi va HIMARS yalpi öt oçiş tizimi uçun raketalarni öz içiga oladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 sentabr, çorşanba kuni Kiyevda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola bilan qöşma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Biz PURL dasturi böyiça hamkorlarimizdan 2 milliard dollardan ortiq mablağ oldik. Oktyabr oyida biz yana olamiz... Öylaymanki, biz oxir-oqibat taxminan 3-3,5 milliard dollarga ega bölamiz", — dedi Zelenskiy. Uning ta’kidlaşiça, Amerikada işlab çiqarilgan qurol va öq-dorilarning dastlabki ikki paketining har biri 500 million dollarni taşkil qiladi.
Bu Kiyevga harbiy yordam berişning yangi mexanizmidan birinçi marta foydalaniş. Uşbu taşabbusga köra, ittifoqçilar Ukraina uçun Amerika qurollariga uning Prioritised Ukraine Requiremens List (PURL) röyxatidan tölaydi.
16 sentabr kuni Reuters agentligi Tramp ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordam körsatişning dastlabki ikkita paketini ma’qullagani va ular tez orada yuborilişi mumkinligini ma’lum qildi.

















