Amerikaning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari Ukrainaga yetkazib berilişi heç narsani özgartirmaydi, çunki ularda şundoq ham bu qurollarga muqobil bölgan sovetlar davriga mansub va Rossiyada işlab çiqarilgan «Grad», «Smerç», «Uragan» tizimlari mavjud. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
U «masofa tizimning öziga emas, qöllanadigan raketaga boğliq» ekanini aytib, agar Ukraina uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar olsa, Rossiya «hozirça hujum qilinmagan obektlarga zarba bera boşlaşi» bilan tahdid qildi. Putin aynan qanday obektlarni nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan, ammo Rossiya hukumati avvalroq bir neça bor Kiyevdagi «qaror qabul qiliş markazlari» böylab zarbalar beriş haqida ogohlantirgandi.
«Bu amerikaliklar qanday raketalar yetkazib berişiga boğliq. Lekin biz bugun eşitayotganimiz va tuşunayotganimizga köra, bu 45-70 km masofaga uça oluvçi raketalardir. Bunday raketalar men yuqorida aytgan «Grad», «Uragan», «Smerç»larda ham bölgan. Ularda ham 40-70 km masofa. Heç qanday yangi narsa yöq.
Qöşimça qurol-yaroğlar yetkazib beriş atrofidagi gap-sözlardan, fikrimça, faqat bir maqsad közlangan — imkon qadar qurolli mojaroni çöziş. Agar uzoqni möljalga oluvçi raketalar yetkazib berila boşlasa, biz kerakli xulosani çiqaramiz va özimizning yöq qiluvçi vositalarimizni işga solamiz, hozirça hujum qilmayotgan obektlarga zarba beriş uçun ularning soni bizda yetarli», degan Putin Amerika yetkazib beradigan tizimlardan Rossiya hududiga zarba berilişi ehtimoli haqida.
Rossiya prezidentining ta’kidlaşiça, Ğarbning ta’minoti jangovar harakatlar paytida yöq qilingan qurollar örnini qoplaş uçun möljallangan, xolos. Uning bayonotiga köra, xuddi şu holat Rossiya havo mudofaasi göyoki «yonğoqdek çaqayotgan» dronlar bilan ham yuz bermoqda.
Ukrainaga Ğarb qurollari yetkazilişi jang maydonidagi vaziyatni qanday özgartirmoqda?
1 iyun kuni AQŞ Ukraina uçun öq-dori, qurollar va texnikalardan iborat yangi paket ukrain harbiylari ançadan buyon sörab kelayotgan HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlarini ham öz içiga olişini ma’lum qilgandi.
«HIMARS ularga [ukrainlar] qarşi turişda kengroq imkoniyatlar taqdim etadi. Hozirda biz ularga avvalroq yetkazib bergan gaubitsalar 30 km atrofidagi masofaga zarba berişi mumkin. HIMARS’ning öq otiş masofasi ikki barobardan oşiqroq, bu esa ularga hatto kam miqdordagi uçiriş qurilmalari bilan ham [rossiyalik harbiylarga] nisbatan muvaffaqiyatli qarşilik körsatiş imkonini beradi», – dedi AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal Pentagondagi brifingda.


















