O‘zbekiston | 07:38 / 13.06.2022
4687
1 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha 20 mingdan ortiq taklif kelib tushdi

O‘zbekistonda 11 iyun holatiga ko‘ra Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha jami 20 148 ta taklif kelib tushdi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati brifingida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu takliflarning aksariyati meningkonstitutsiyam.uz platformasi orqali qabul qilingan. Takliflarning 11 306 tasi erkaklar, 6 422 tasi esa ayollar tomonidan yuborilgan (2 420 tasi anonim);

Ma’lum qilinishicha, takliflarning 70 foizidan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan kelib tushgan. Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Jizzax viloyatlaridagi fuqarolar boshqa hududlarga nisbatan faol bo‘lgan.

Bildirilishicha, takliflar olimlar, mutaxassislar ishtirokida keng muhokama qilinib, norma holatiga keltirilgan. Ularning aksariyati inson huquqlari, mazkur huquqlar kafolatlari, oila instituti, sud hokimiyati va boshqalarga oid masalalardir.

Takliflar bilan ishlash guruhi tomonidan 24 soat davomida fuqarolar takliflari qabul qilinmoqda.

Mavzuga oid