Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari Abdulaziz Komilov Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, Abdulaziz Komilov yangi lavozimga tayinlanişi bilan bir qatorda, Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari sifatida öz işini davom ettiradi.
1994-2003 yillarda Özbekiston Taşqi işlar vazirligini boşqargan Abdulaziz Komilov 2003-2010 yillarda Özbekistonning AQŞdagi elçisi bölgan.
U 2010-2012 yillarda Özbekiston TIV rahbari örinbosari sifatida işlagan, 2012 yildan yana taşqi işlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgandi.
2022 yil martida Abdulaziz Komilov salomatligidagi muammo tufayli xorijga davolanişga ketgani ma’lum qilindi.
Aprel oyida esa Özbekiston taşqi işlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

















