Qayd etilişiça, tayinlov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining buyruğiga binoan amalga oşirilgan.
Himmat Oqbötayev 1962 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy.
U mehnat faoliyatini 1979 yilda Urgut tumanida jamoa xöjaligi a’zosi sifatida boşlagan. Harbiy xizmatni ötagandan söng, 1983-1988 yillarda Toşkent davlat universitetida tahsil olgan.
1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xöjaligida huquqşunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirçi tumani prokuraturasi iş örganuvçisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamçisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi içki işlar idoralarida tergov va suriştiruv ustidan nazorat bölimi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy şahar prokurori örinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori, 1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi katta tergovçisi bölgan.
U 2000-2002 yillarda Boş prokuratura organlarida tergovni nazorat qiliş boşqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda Boş prokuratura Içki işlar vazirligi idoralarida tergov va suriştiruv ustidan nazorat boşqarmasi boşliği örinbosari, 2003-2004 yillarda Boş prokuratura Içki işlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori örinbosari vazifalarida işlagan.
2006–2016 yillar davomida Urgut tumani hokimi bölib işlagan H.Oqbötayev 2016 yil 23 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.
Viloyat hokimi sifatida bor-yöği 6 oy işlagan H.Oqbötayev 2017 yil 12 iyun kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida lavozimidan ozod qilingan.
U 2017 yil 17 noyabr kuni Qöşrabot tumani hokimi etib tayinlanib, 2022 yil 15 iyun kuni lavozimidan olindi.












