Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 15 iyun kuni xalq deputatlari Qöşrabot tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilgan. Unda taşkiliy masala körib çiqilgan.
Qöşrabot tumani hokimi Himmat Oqbötayev boşqa işga ötişi munosabati bilan öz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Dilşod Şakarboyev nomzodi Qöşrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Mazkur tayinlovgaça D.Şakarboyev Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uçun, 2006–2016 yillar davomida Urgut tumani hokimi bölib işlagan H.Oqbötayev 2016 yil 23 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.
Viloyat hokimi sifatida bor-yöği 6 oy işlagan H.Oqbötayev 2017 yil 12 iyun kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida lavozimidan ozod qilingan.
2017 yil 17 noyabr kuni Qöşrabot tumani hokimi etib tayinlangan.

















