Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchilarga subsidiya va imtiyozli kreditlar beriladi
“Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, 2023 yil 1 apreldan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda tegishli mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xo‘jaliklariga beriladi.
2022 yil 1 iyundan parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.
Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan miqdoridagi mablag‘larini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.
Tadbirkorlarga mavjud quvvatlarini to‘liq ishga tushirish uchun oldin ajratilgan kreditlar qaytarish muddati ular arizasiga ko‘ra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi takliflariga asosan 10 yilgacha uzaytiriladi.
“Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo parrandachilik xo‘jaliklariga 2022 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvargacha davrda parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.
Parranda go‘shti ishlab chiqarish hajmlari yil yakunigacha kamida 35 foizga oshirilib, 600 ming tonnaga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

13:49 / 24.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda parrandachilik klasterini tashkil qilmoqchi

07:50 / 19.02.2025
Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

13:20 / 15.02.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

13:01 / 12.02.2025