Töqayev bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida, rossiyalik mediamenejyer Margarita Simonyan bergan savolga javoban ma’lum qildi.
Simonyan Töqayevdan Rossiya Ukrainada ötkazayotgan “maxsus harbiy amaliyot” böyiça fikri va bu borada Qozoğistonda nima deb öylaşayotgani haqida söradi.
“Buni oçiq aytaman, har xil fikrlar bor. Jamiyatimiz oçiq, bizda fuqarolik jamiyati yetilgani yaqqol közga taşlanadi. Şuning uçun har xil fikrlar bildirilyapti.
Men şuni aytişni istardimki, zamonaviy xalqaro huquq bu – BMT Nizomidir. Nizomdagi asosiy prinsiplardan ikkitasi hozirda bir-biriga qarama-qarşi bölib qolgan. Bu – davlatlarning hududiy yaxlitligi va millatlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi.
BMTning barça asosçilari öz vaqtida bunga e’tibor qaratişmagan körinadi. Balki atayin qilişgandir, bu ikkita prinsip hozirda bir-birini inkor qilmoqda.
Fikrlar har xil. Ayrimlar davlatlarning hududiy yaxlitligi muqaddas tuşunça deb hisoblaşadi, boşqalar esa u yoki bu davlat tarkibidagi millatlar öz davlatiga ega böliş va ajralib çiqiş huquqiga ega deyişadi.
Lekin, umuman olganda, agar millatlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi butun Yer şarida amalda işlasa, hozir BMT tarkibiga kiruvçi 193ta davlat örnida 500 yoki 600tadan köp davlat paydo böladi. Albatta, bu xaosni keltirib çiqaradi.
Şu sababli ham biz na Tayvanni, na Kosovoni, na Janubiy Osetiyani, na Abxaziyani tan olamiz. Şu prinsip, bizning fikrimizça, Lugansk va Donetsk kabi kvazidavlat hududlariga ham taalluqlidir. Bu – sizning oçiqçasiga bergan savolingizga oçiqçasiga javob”, dedi Töqayev.
Simonyan Qozoğiston prezidentiga bu oçiqça javob uçun minnatdorlik bildirdi.


















