Hayotiy hikoya: giyohvand modda uçun otasini öldirgan yigitning nadomatlari
|17:10 / 19.06.202225 03613 min
Dunyoda ota va onadan aziz inson yöq. Ammo giyohvandlik balosiga yöliqib, ularni xorlayotganlar va azob berayotganlar, afsuski, topiladi. Xumori tutganda ota-onasini öldiriş darajasigaça borayotgan naşavandlar ham bor. Quyida ana şunday ayançli hodisa haqida hikoya qilinadi.
Toğli uzoq tumanga töyga aytişdi. Nahor oşida keldi-ketdini kuzatib, bemalol ötirdik. Töy oxirlayotganda davraga yoşi qirqarga borgan, soçlari oqarib ketgan bir kişi kirib keldi. Töy sohiblari negadir unga iltifot körsatişmadi. U böş stollardan biriga borib ötirdi va oldiga qöyilgan oşni indamay yeb, davradan çiqib ketdi. Yigitga heç iltifot körsatmagani meni hayron qoldirdi.
Taajjubimni körib, yonimizda ötirgan mezbonlardan biri gap oçdi:
— Hayron qolyapsizmi? U şunga loyiq.
Mezbonning aytişiça, bir paytlar yigit giyohvand moddalarga mukkasidan ketgan. Oqibatda otasini öldirib, uzoq yil «ötirib» kelgan. Qamoqdan çiqib kelgandan buyon qişloq ahli uni yoqtirmas, ma’rakalariga çaqirmas, yigitning özi bir çetdan kelib qatnaşib ketarkan.
Töy tugagaç, mezbonlardan yigitning manzilini sörasam, ular ajablanişdi. Yigit bilan suhbatlaşmoqçi ekanimni aytgandim, istar-istamas manzilni berişdi. Ma’lum bölişiça, u qamoqdan çiqib kelgaç, qişloq çetidagi taşlandiq hovlida yaşayotgan ekan.
Hovlini topib borganimda tomi loysuvoq, devorlari somonsuvoq holda qolib ketgan uy qarşisidan çiqdim. Çaqirganimda heç kim javob bermagaç darçani oçib içkariga kirdim.
Hovliga ança tartib berilgan, bir tomonda turli ekinlar, yana bir tomonda söritokka kötarilgan uzum bor edi. Birozdan söng yigit çiqib keldi va meni körib hayron böldi.
Yigitni gapirtiriş oson bölmadi. Ammo kimlardir özi uçun töğri xulosa çiqarişi va giyohvandlik balosining domiga ilinmasligi uning uçun boşidan ötkazganlari haqida yozişim kerakligini tuşuntirganimdan söng u gap boşladi:
«Oilada ikki öğil edik. Öquvçiligimda töpolonçiroq bola edim. 7–8-sinflarga ötganda sigaret çekişni boşladim. Otam unça qattiqqöl emasdi, şunday bölsa-da, çekişimni undan yaşirib yurganman. Akam sezib qolib meni çekişdan qaytarmoqçi böldi, ammo undan bir neça marta kaltak yesam ham çekişni taşlamadim.
Otamning bozorda kiyim-keçak bilan savdo qiluvçi dökoni bor edi. Akam bilan unga yordam berardik. Oilamizning daromadi yaxşi edi.
Maktabni bitirganimdan keyin otamning yordami bilan alohida dökon qildim. Oilamizda har kimning foydasi öziga degan yozilmagan qoida amal qilardi. Men özim işlab topgan puldan oila budjetiga bermasdim. Keyinçalik yomon yölga kirib ketişimga qisman şu holat sabab bölganmikan, deb öylab qolaman.
Bozorda savdo yaxşi edi. Çöntagimda doim dastalab pul bilan yurardim. Döstlar bilan çoyxonalarda yiğilişib qolganimizda xarajatning katta qismini saxiylik bilan kötarardim. Öşanda onam nimagadir pul söraganda «ana, otamdan oling, mening kassam alohida» deb javob bergan noqobil öğil, döstlar bilan yiğilganda pullarni ayamasdan işlatardim.
Mavzuga oid
Döstlar bilan yiğilişlardan birida ulardan biri qoğozga qandaydir ötni öray boşladi. Xayolimdan bu giyohvand modda degan öy ötdi. Söng uni çeka boşlaşdi. Navbat menga kelganda «ol, sigaretdan sal farq qiladi», deyişdi. Bir-ikki marta tortdim.
Oradan biroz ötib taşqi olam közimga boşqaça körina boşladi. Çanqab salqin içimlik içmoqçi bölib dasturxonga qarasam oldimda stakan emas, katta şişa boçka turgandi. Qolgani esimda yöq...
Şu-şu, döstlar bilan yiğilişimiz «dori»siz ötmaydigan böldi. Keyingilari kuçli emas ekanmi yoki çekaverib ança «tajriba» orttirdimmi, birinçi çekkanimda sodir bölgan holat qayta takrorlanmadi. Faqat kayfiyatni biroz kötarardi xolos.
Bu haqda döstlarimga gapirgandim, agar pulidan qoçmasam «dori»ning boşqaçasi borligini aytib qolişdi. Keyingi gal ötirişimizda öşandan topib kelişlarini aytişdi.
Şu tariqa avval qoradori, keyin u ham xumorni bosmay qöygaç geroin iste’mol qilişga ötdim.
«Gera» qoradoridan ança qimmat edi. Giyohvand bölib qolganimdan söng dökondagi savdoga ham unça qiziqmay qöydim va foyda kundan kun kamayib ketaverdi. Şu sababli «ta’minotçi»dan qarz böla boşladim.
Uydagilar avvaliga heç narsani sezişmadi. Sezişganda men aşaddiy giyohvandga aylanib bölgan edim. Otam va akam nasihat qilişdi, urişişdi, nafi bölmadi. «Lomka» qözib qolganida közimga heç narsa körinmas va bunday paytda bir neça gramm geroin uçun men har narsaga tayyor edim.
Şu tariqa, oilamdagilar uçun haqiqiy boşoğriqqa aylandim. Otam va akam bir neça marta meni davolatmoqçi bölişdi. U yoqda döxtirlar «dori» bermasligini öylab men könmasdim.
Bora-bora «ta’minotçi»dan bölgan qarzim oşib boraverdi. Şundan söng dökonimni ham sotib «çekib» yubordim. Otam va akam holimni körib çiday olişmadi. Bir kuni ular xonamga kirib kelişdi va özimni önglaşga ulgurmasimdan qöl-oyoğimni çandib boğlab taşlaşdi.
Otamga kimdir «ma’lum bir vaqt çidasa, keyin qonidan giyohvand moddaning ta’siri çiqib ketadi va şunda tuzaladi», debdi. Otam meni boğlab qöyib davolamoqçi böldi.
Qöl-oyoğim boğlangan holda, çorasiz yotar ekanman, «lomka» qöziganda a’zoyi badanim qaqşab oğrir, bunga çiday olmay dodlab baqirar edim. Şunday paytlarda nolişlarimga çiday olmagan onam kelib oldimda ötirib yiğlar edi.
Onam oldimda ötirganida meni arqondan böşatişini sörab yiğlardim. U bir marta meni arqondan böşatib yubormoqçi bölganida otam qattiq urişib berdi. «Öğlingni yöqotmoqçi bölsang, uni böşatib yubor. Tirik qolişini va soğayişini xohlasang, tegma», degani esimda.
Öşa maş’um kunda tanamdagi qaqşoq tufayli ovozim çiqmay yotar ekanman, oldimga otam kirdi. U hayotimni asrab qoliş uçun şu işga majbur bölganini aytib, hatto uzr söradi.
«Boşqa ilojim yöq. Ertaga özing ham oila qurib, bola-çaqali bölsang ana öşanda ota-ona farzandi uçun har qanday işga tayyor bölişini tuşunib yetasan», dedi otam.
Otam menga umid bilan nasihat qilar ekan, öşa tobda unga özimni tuzalganday tutsam balki arqonni yeçar degan öy keldi. Şundan söng otamga ança özimga kelganimni, tanamdagi oğriqlar yöqolganini aytdim va meni arqondan böşatişini söradim. U menga işonmay turganini körib, tuzalganim töğrisida yolğondan qasam içib yubordim.
«Aldayotgan bölsam Xudo ursin» degan gapimga otam beçora işondi. U qölimni yeçib qöydi. Oyoğimdagi arqonni yeçdim va eşikka qarab möljal ola boşladim. Maqsadim nima bölsa ham uydan qoçib çiqiş va «dori» topiş edi. Otam közimga qaradi va aldaganimni bildi.
Xonadan qoçib çiqib özimni hovliga urdim. Zaiflaşib qolganim uçun uzoqqa qoça olmadim, otam yetib oldi. U ortimdan quvayotganida arqonni olişga ham ulgurgan ekan.
Otam bir qölda meni mahkam uşlab, ikkinçi qöli bilan qayta boğlaşga urinardi. Tinimsiz tipirçilasam ham otamning qölidan çiqib keta olmasdim.
Şu payt deraza tokçasida turgan piçoqqa közim tuşdi va u menga najot bölib körindi. Jon-jahdim bilan özimni deraza tomonga otdim va piçoqni olib otamning duç kelgan joylariga bir neça bor sançdim. Oyoq osti qip-qizil qon böldi. Otam yiqildi va gapirişga ham ulgurmay jon berdi.
Dahşatli iş qilganimni anglab turgan bölsam ham, öşa paytda menda tezroq geroin topib iste’mol qiliş vahmi kuçli edi. Ammo otamning jasadini şundoq taşlab ketsam meni osongina topib olişlari va yana «dori»dan ayirişlari mumkin edi. Şu uçun hamma yoqni tozalab keyin çiqib ketişni xohladim.
Öşa kuni uyimizda heç kim yöq edi. Avval hovlining közdan panaroq joyidan çuqur qazib otamni kömdim. Söng oyoq ostidagi qonni yuvib taşladim. Undan keyin uyga kirib bor pullarni oldim va köçaga çiqib ketdim.
Uydan çiqqaç töğri «ta’minotçi»ning oldiga bordim va undan «dori» olib xumorim bosilgunça çekdim. Keyin yonimdagi pulning hammasiga geroin sotib oldim.
Çekilgan geroin ta’sirida köçada ketib borar ekanman, yonimga bir maşina kelib töxtadi va undan IIB xodimlari tuşib kelişdi. Şu payt xayolimdan otamni öldirganimni şunça tez aniqlaşdimi, degan öy ötdi.
IIB xodimlari mendan ism-şarifim va qayerda turişimni söraşgaç, şunçaki ularning köziga şubhali şaxs bölib köringanimni bildim. Ozib qilday bölib qolganim va bejo boqayotgan közlarim ularni battar şubhalantirdi. Ular şaxsimni aniqlaş uçun bölimga borişimiz kerakligini aytişdi.
Bölimga olib borib tekşirişganda çöntagimdan biroz avval sotib olganim, geroin çiqdi. Şundan söng hibsga olindim. Dastlabki tergovda «gera»ni kimdan olganimni aytdim, «ta’minotçi»ni olib kelib yuzlaştirişdi.
Hibsda turganimda tanam qaqşab oğriganiga çidab turolmasdim. Ammo çidaşga majbur edim. Tergov boşlangandan keyin bir neça kun ötsa ham mendan otam haqida söraşmadi. Demak, otamni öldirganimni heç kim bilmaydi.
Meni uşlaşganiga 20 kun bölgaç, tergovçi meni sörab tuman IIBga barça kelganini, ammo otam kelmaganini aytdi. Uning «otangizni oxirgi marta qaçon körgandingiz?» degan savoliga jöyali javob bera olmadim.
Şundan söng u otam yöqolganini va bir kun avval akamning arizasiga muvofiq unga qidiruv e’lon qilinganini aytdi. Şu payt bexosdan otamni öldirganimni aytib yubordim.
Şundan söng tergovçiga öşa kuni sodir bölgan hodisalarni aytib berdim. Qölimda kişan bilan uyimizga olib borişdi. Tergovçilarga otam kömilgan joyni körsatdim. Otamni öldirganimni bilib, onamning mazasi qoçib qoldi.
Özim esa öşa holatda geroin çekiş xumori bilan yurganim uçun, qilgan işimning dahşatli jinoyat ekanini, buning jazosini nafaqat bu dunyoda, oxiratda ham olişimni hali anglab yetganim yöq edi.
Şu tariqa, menga Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan ayb qöyildi va uzoq muddatga qamaldim. Qamoqda boşqa mahkumlar meni otamning qotili ekanimni bilib yomon munosabatda bölişgani – bu alohida tarix.
Qamoqda qariyb 15 yil ötirdim. 22 yoşimda qamalib, 37 yoşimda ozodlikka çiqdim. Boradigan boşqa joyim yöqligi uçun qişloqqa qaytib keldim. Ota hovlimda, muştipar onamning va boşqa yaqinlarimning köziga tik qarab yaşay olmasdim. Şu uçun mana şu taşlandiq hovliga kelib joylaşdim.
Qişloqdoşlarimning muomalasini kördingiz, men ulardan xafa emasman. Öşanday munosabatga loyiqman. Qamoqda ötirganimdayoq tavba qilganman, ammo tavbam qabul böladimi yöqmi, bilmayman.
Yoşlardan men qilgan xatoni takrorlamasliklarini sörayman. Giyohvandlik balosi insonni eng tuban darajaga tuşirib, hayotini barbod qiladi. «U yoq»ni körib keldim, ne-ne yigitlar menga öxşab bu zahri qotilni iste’mol qilişga ruju qöyib, gulday umrini panjara ortida ötkazyapti.
Men ota-onamning xizmatini qilib, keksayganida ularga tirgak böliş örniga birining qotili, ikkinçisiga oq böldim. Mening gunohimni heç narsa bilan yuvib bölmaydi.
Insonga umr bir marta beriladi. Şunday ekan, hayotning qadriga yetib, umrni faqat va faqat savob işlarga hamda yaxşiliklarga sarflab ötkaziş kerak. Aks holda hayotlarini menday barbod qilib qöyişlari mumkin. Şu gaplarimni yoşlarga yetkazing».
Suhbatimiz oxirida yigit yiğlab yubordi. Uni öz holiga qöyib, örnimdan qözğaldim.