Qayd etilishicha, joriy yil 18-30 iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha ziyoratchilar Haj safariga kuzatiladi va 14-31 iyul kunlari xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha qaytib keladi. 

Bildirilishicha, ushbu mavsumda 10 900 nafar kishi Haj safariga yuborildi, ular O‘zbekistonga qaytishda Jidda shahridan parvoz qiladi.

“Haj-2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchilar va 260 ga yaqin bortkuzatuvchilar jalb etiladi. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing-767 havo kemalarida amalga oshiriladi.