21 iyun kuni Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifi bilan kelgan Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarboyjon prezidenti şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Davlat rahbarlari şohsupaga kötarildilar. Özbekiston va Ozarboyjon davlat madhiyalari yangradi.

Mamlakatlarimiz yetakçilari faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.

Marosimda Özbekiston va Ozarboyjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari iştirok etdi.

Köksaroy qarorgohida Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada uçraşuv ötkazdi.

Davlat rahbarlari Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi köp qirrali strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş yuzasidan fikr almaşdilar.