Xöş, Mustaqillik deklaratsiyasi qanday hujjat va uning xalqimiz uçun ahamiyati nimada? Kimlar uning qabul qilinişi uçun kuraşgandi yoki qarşi bölgandi?
Kun.uz şu va boşqa savollar bilan 1990-1995 yilda Oliy Kengaş deputati bölgan Karim Bahriyevga yuzlandi.
— Karim aka, Mustaqillik deklaratsiyasi özi qanday hujjat va uning özbek xalqi uçun ahamiyati nimada?
— Öz nomi bilan deklaratsiya bu – ulkan bayonot. Tarix uçun ahamiyati juda katta. Kattaligi şundaki, u SSSR mavjud bölgan va tarqamagan bir vaqtda e’lon qilingan. Ya’ni bu hujjat SSSRga qarşi isyondek va butun xalqning azmi irodasidek jaranglaydi. Masalan, biz mustaqil davlat bölamiz, mustaqil davlatmiz, erkin yaşamoqçimiz, özimizning qonunlarimizni yaratib, özimiz şunga rioya qilib yaşaymiz, deya bir xalq, mamlakat va şu mamlakat vakillari çiqargan bayonot. Bu hujjat davlatning buriliş nuqtasi hamda mustaqillikning boşlanğiç nuqtasi deb qaralişi kerak.
Endi şu hujjatning taqdiriga qarasangiz, albatta, u bir ambitsiyaning qurboni bölgandek böldi. Ya’niki öşa vaqtda şu deklaratsiyaga qarşi bölgan odam keyinçalik mustaqillik töğrisidagi qonunni qabul qilib, özbek xalqining mustaqilligi, Özbekistonning mustaqillik irodasini orqaga çözdi. Agarda uni, mustaqil bölgan vaqtimiz sanasini 1990 yil iyundan deb boşlasak, biz öşa sobiq ittifoq davlatlari tarkibida ham oldingi saflarda turib mustaqillikni e’lon qilgan bölar edik. Bizdan oldin, ehtimolki, Boltiqböyi respublikalaridan biri e’lon qila boşlagan edi. Bu ittifoqda oldingi safda bölib, Özbekiston mustaqilligi e’lon qilingan edi.
Birinçidan, özi doim şunday bölgan, men bölmagan demayman. Özbekiston mustaqillik deklaratsiyasi bölgan va bugun bizlar birinçi bölib mustaqillikka çiqqanmiz va mustaqillikni e’lon qilganmiz deb faxrlanib yursak böladi. Örtadagi şu hodisani eslamaslikka, bayram qilmaslikka tirişgan bir tuzum uzoq yillar eslatmaslikka harakat qildiki, bu jarayonda bizning xalqimiz bu hujjatning salobatini sezmay yaşadi ança vaqtgaça.

— Umuman, bu hujjatning qabul qilinişi, qabul qilinayotgan kunlar va mana şu hujjat qabul qilinişi uçun kuraşgan, faollik körsatgan hamda bunga qarşi bölgan şaxslar haqida nimalarni bilişimiz kerak, nimalarni gapirişni istagan bölar edingiz?
— Albatta, boşidanoq gapirib ötaman, har bir inson sub’yektiv böladi. Ya’ni sub’yektiv degani, har bir inson öz bilganini, özi haq deb hisoblagan narsani gapiradi. Şuning uçun men öz nomimdan gapiraman, lekin vaziyat qanday edi? Vaziyat qayta quriş bölgan, millatlar özini anglay boşlagan, masalan, muayyan joylarda odamlar çiqib özini tanklar tagiga taşlay boşlagan, boşqa bir respublikalarda norozilik bölayotgan, umuman, SSSRning qulab borayotgan şaroitini köz oldingizga keltiring. Şunday bir şaroitda deyarli bilamanki, Özbekistonning xalqi ham, elitasi ham mustaqillikni istagan. Va har kimning mustaqillikdan istagan narsasi har xil böladi. Masalan, deylik, ziyoli inson, millatini sevgan inson millatining mustaqil bölişini, özining tili, dini, e’tiqodi, yeriga, madaniyatiga sohib bölişini istaydi.

















