Oxirgi 12 oy içida ayni uruş sabab minglab askarlar va tinç aholi halok böldi, dunyodagi geosiyosiy tartib, vaziyat keskin özgardi.

Şuningdek, millionlab insonlarni boşpanasiz qoldirdi, emigratsiyani oşirdi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça agentligi ma’lumotlariga köra, 10 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgan. Uruş esa davom etmoqda.

Kun.uz muxbiri boşlanganiga 1 yil tölgan uruş, ötgan vaqt davomida undagi özgarişlar, uning özbek jamiyati, davlatçiligi tafakkurida nimalarni özgartirgani va qanday yakunlanişi mumkinligi haqida qator jamoatçilik faollari bilan intervyu ötkazdi.

Intervyu mehmonlari jurnalist, tarjimon Karim Bahriyev, yozuvçi Uluğbek Hamdam va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.

— Uruşni boşlangandan buyon qanday kuzatyapsiz? U boşlanganda qanday qabul qilgan edingiz-u, ötgan davrda öşa fikrlaringizda özgariş böldimi?

Karim Bahriyev:

— Kuzatib yurgan odam sifatida bu uruşni Rossiyaning Gruziyadan bir hududni tortib olgani kabi navbatdagi uruşi deb öyladik. Lekin hayratlantirgan narsa: ikkita bir-biriga juda yaqin xalq edi ruslar va ukrainlar. Özlari özlarini yesin, degan bir qaraş bölişi mumkin edi, ammo öqigan, bilgan inson sifatida yomon voqea böldi, deb bildik. Boşqa bir davlatlarda (Iroq, Suriya kabi) uruş bölsa, dunyo hamjamiyati qabul qilaverar edi, ammo bu uruşni barça keskin qabul qildi. 3 kun içida bölmasa ham, bir neça oyda yengsa kerak deb öylagandik. Hammamiz Rossiyaning qudratini, armiyasini buyuklaştirgan ekanmiz. Keyin esa, aslida, armiya ham, undagi tartiblar ham korrupsiya botqoğiga botgan, qurol-yaroğlari eskirgan, avvalgi kötarinki ruh yöq ekan, degan qaraşlar böldi va bugun şunday ekaniga şukr ham qilyapmiz.

Uluğbek Hamdam:

— Umumiy qaraşlarimda özgariş bölgani yöq. Uruşni qoralab qabul qilganman va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda postlar ham qoldirganman. Intervyu ham qilingandi. Va hozir ham bu uruşni qoralayman. 21-asrda şunday bölişini tasavvurimga siğdira olmasdim. Har xil şakldagi uruşlarga guvoh bölyapmiz, lekin bunaqa oçiqdan oçiq, butun dunyo köz öngida tuhmat bilan bostirib kiriş va özini haq deb hisoblaş meni qattiq öyga solgan. Bunday narsalar ortda qolib ketdi, 21-asr odami bunday yöl tutmaydi deb öylagan edik, lekin çuçvarani xom sanagan ekanmiz. Hozirgi kunda ham ğorda yaşagan odamning tafakkuri bilan iş tutadigan rahbar-liderlar borligiga amin böldim.