Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xalqaro atom energiyasi agentligining AES qurilish maydonchasini baholash missiyasini qabul qiladi
AES qurilish maydonchasining xavfsizligini baholash va O‘zbekistonda yangi yadroviy qurilmani joylashtirish dasturini ko‘rib chiqish missiyasiga tayyorgarlik boshlandi.
Joriy yilning 20 iyun kuni mamlakatda Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvga asosan “AES qurilish maydonchasining xavfsizligini baholash va O‘zbekistonda yangi yadroviy qurilmani joylashtirish dasturini ko‘rib chiqish” SEED missiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha milliy seminar-amaliyoti o‘z ishini boshladi.
Besh kun davom etadigan milliy seminar-amaliyotida respublikada yadro energetika loyihasi, uning salohiyatini oshirish, yadro texnologiyalar joylashgan maydonlar xavfsizligi, yadroviy texnologiyalarni maydonga joylashtirish texnik jihatlari va uni baholash, jamoaviy amaliyotga tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va xavfsizlik hisoboti tahlilini ko‘rib chiqishga tayyorgarlik kabi qator tadbirlar o‘rin egallagan.
Seminar-treningda ushbu yo‘nalishda katta tajribaga ega xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda AES qurish uchun maydon tanlash ishlariga jalb qilingan mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ul vakillariga yadroviy qurilmalarni joylashtirishda xalqaro norma va qoidalar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida taqdimotlar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
SEED – xavfsizlik standartlari va yo‘riqnomalariga muvofiq yadroviy inshootlar (AESlar, tadqiqot reaktorlari, mukammal reaktorlar) hayotiy sikli turli bosqichlarida XAEAga a’zo davlatlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan keng qamrovli ekspertlar xizmati.
SEED modullari yadroviy loyiha ishlab chiqish quyidagi bosqichlarini qamrab oladi: maydon tanlash, maydon xavfsizligini baholash, uskunalar, tizim va komponentlarni loyihalash, ichki va tashqi xavflarni hisobga olgan holda stansiya xavfsizligini ta’minlash.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026