Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 20 iyun kuni soat 19:25 da Samarqand şahri «Boğisaroy» MFY, Spitamen şohköçasi 68-uyda joylaşgan, 1985 yilda tuğilgan fuqaro S.T. ga tegişli bölgan «Saidabegim» oilaviy korxonasiga qaraşli omborxona va savdo dökonida yonğin sodir bölayotgani töğrisida viloyat FVBga xabar kelib tuşgan.
Hodisa joyiga birinçi yonğin qutqaruv ekipaji soat 19:28 da yetib borib, soat 20:00 da qurşab olgan va yonğin soat 20:35 da bartaraf etilgan. Yonğinni bartaraf etişga FVBning 6 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus suv taşiş texnikasi jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin oqibatida omborxona va savdo dökonining taxminan 210 metr kvadrat maydonda şift va tom qismi hamda omborxona içida paxta toylari yonib zararlangan. Yonğindan savdo dökoni va omborxonaning 350 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Yonğinga elektr simlarining qisqa tutaşuvi sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, sönggi 2 haftada Samarqand viloyatida savdo dökonlarining yonib ketişi böyiça beşta holat qayd etildi.
5 iyun kuni Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylaşgan bozorda yonğin sodir bölib, 20 dan oşiq savdo dökonlari butunlay yonib ketgandi.
7 iyun kuni Samarqand şahri Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan bir neça savdo va xizmat körsatiş dökonlarida yonğin sodir bölib, ularning tom va şift qismi yonib ketdi.
9 iyun kuni Oqdaryo tumanidagi bozorda yonğin sodir bölib, bir neçta xöjalik mollari va oziq-ovqat sotişga ixtisoslangan savdo dökonlari yonib ketdi.
12 iyun kuni Samarqand tumanida joylaşgan savdo dökonida yonğin sodir bölib, uning 200 metr kvadrat maydonda tom va şift qismi hamda turli mahsulotlar yonib ketgandi











