«Yangi Özbekiston» naşri xabariga köra, markaziy fitosanitariya laboratoriyasining 18 maydagi ekspertiza xulosasiga köra, Turkiyaning «PARLAR FIDAN» köçatxonalaridan Özbekistonga olib kirilgan şaftoli (Dixired navi) köçatlarida «Olxörining çötir kasalligi» (Plum pox virus) aniqlangan.

Şu bois mazkur kasallikni Özbekiston hududida tarqaliş xavfi oldini oliş maqsadida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan vaqtinçalik import çeklovi örnatildi.

Ma’lumot uçun, «Olxörining çötir kasalligi» (Plum pox virus) asosan Yevropa mamlakatlari, xususan, Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Niderlandiya, Gretsiya, Moldova, Polşa, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Ukraina, Çexiya, Estoniya, Şveytsariya, Şvetsiya kabi mamlakatlarda tarqalgan. Uşbu kasallik olxöri, toğolça, örik, şaftoli kabi mevalarni zararlaydi. Kasallik tufayli çidamsiz daraxtlarning 25-50 foiz, ba’zan 100 foiz hosili yöqotiladi.

Zararlangan daraxtlar mevasi köpçiligi tökiladi, qolganlari mayda va ta’msiz bölib qoladi. Kasallik belgilari daraxtlar virus bilan zararlangandan söng 9-11 oy ötganda namoyon böladi. Şuningdek, kasallik bilan zararlangan mevalar vaqtidan oldin rangga kiradi, tarkibida qand moddasi kamayadi va soğlomlaridan 20-30 kun oldin tökiladi. Ularning bir qismi mumiyolaşadi. Kuçli zararlangan çidamsiz navlar hosili butunlay yöqotilişi mumkin.

Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi va Soğliqni saqlaş vazirligi qaroriga muvofiq «Olxörining çötir kasalligi» (Plum pox virus) Özbekiston uçun karantin ahamiyatiga ega bölgan zararli organizmlar röyxatiga kiritilgan.