NASA’ning Oy missiyasi sinovlarida yana muammolar yuzaga keldi
«Artemida I» loyihasi raketasiga yonilg‘i quyish chog‘ida vodorod sizib chiqishi sodir bo‘ldi. Texniklar muammoni bartaraf eta olmadi - bu NASA Oy missiyasining yerdagi raketa sinovlari ikkinchi muvaffaqiyatsizligiga aylandi.
«Artemida I» loyihasi (Artemis I) – AQSh Milliy aerokosmik agentligi (NASA) Oy missiyasi uchun raketaning ikkinchi yerdagi sinovlari muammosiz o‘tmadi, biroq oxiriga yetkazib qo‘yildi. Bu haqda 22 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi agentlik xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Florida shtatidagi Kanaveral burni kosmodromida Space Launch System raketasi baklariga yonilg‘i quyish chog‘ida mobil uchirish qurilmasi pastki ustunidan raketa asosiy pog‘onasi o‘rtasidagi tezkor ulanishda vodorod sizib chiqishi aniqlangan. Muammoni tuzatib bo‘lmadi.
Biroq, bu safar NASA jamoasi birinchi marta raketani to‘liq yonilg‘i bilan ta’minlay oldi va uchirish vaqtini belgiladi. Agentlik bayonotida aytilishicha, ushbu holatda ko‘plab muhim harakatlar ketma-ket sodir bo‘lishi mumkin. Yerdagi bunday sinovlar bir qismi sifatida ishga tushirishdan oldingi barcha kerakli harakatlar ishlab chiqiladi.
2020 yil dekabr oyida NASA «Artemida» birinchi missiyalarida ishtirok etish uchun tanlangan 9 nafar astronavt va 9 nafar ayol astronavtni taqdim etdi. Orion ekipajsiz ko‘p maqsadli kosmik kemasi sinov parvozi taxminiy ravishda 2021 yilga rejalashtirilgan edi, biroq boshqa vaqtga ko‘chirildi. Endi ishga tushirish sinovlari 2022 yil avgustiga mo‘ljallanmoqda.
To‘rt kishilik ekipaji bo‘lgan kemaning Oyga parvozi, ulardan ikkitasining Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishi rejalashtirilgan holda, 2025 yildan oldin amalga oshiriladi. «Artemida I» missiyasi tarkibida birinchi marta ayol kishi Oyga uchishi kerak. NASA astronavtlarining Oyga oxirgi qo‘nishi 1972 yilning dekabrida amalga oshirilgan.
Shu kuni NASA Oyda ishlashga qodir yadroviy energiya qurilmalarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Unda Amerikaning uchta kompaniyasi: Lockheed Martin, Westinghouse va IX ishtirok etadi. Oy muhitida kamida 10 yil ishlay oladigan bunday qurilmalarning yaratilishi Marsga parvozlar uchun yo‘l ochadi, deyiladi NASA bayonotida.