Bugun, 22 iyun kuni Hilton mehmonxonasida PDP University ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar, mahalliy va xorijiy OTM rektorlari, o‘zbekistonlik o‘qituvchi va repetitorlar hamda OAV vakillarini birlashtirdi.

Marosim davomida asoschilar PDP Universitetining afzalliklari, talablar, kelajakdagi rejalar va ushbu loyiha O‘zbekistonda IT sohasida mutaxassislarni shakllantirishning yangi bosqichi bo‘lishi haqida so‘zlab o‘tishdi.

PDP University IT mutaxassislar uchun foydasiz fanlardan voz kechib, faqatgina kerakli fanlarni o‘z ichiga olgan xalqaro Pearson BTES o‘quv dasturi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu maqolada IT Universitet afzalliklari, kirish imtihonlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishamiz.

PDP o‘zi kim?

PDP O‘zbekistonda 5 yildan beri malakali IT mutaxassislarni tayyorlab, o‘qitib, ishga joylashishlariga yordam berib keladi. PDP bitiruvchilari EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritadilar. PDP IT yo‘nalishida ta’lim berish bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. PDP'ni hozirgacha 2000 ga yaqin talaba bitirgan va har 10 ta o‘quvchidan 9 tasi ish bilan ta’minlangan.

Prezident e’tirofi

2021 yil tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev PDP Academy va akademiya asoschisi Odilbek Mirzayevni qo‘llab-quvvatlashini va vazirliklar orqali yordam berishilishini bildirdi.

Nima uchun PDP University?

To‘laqonli IT Universitet

PDP uchun IT yo‘nalishi – faqat boshlang‘ich bilimni beruvchi fakultet emas. PDP University to‘laqonli IT Universitet hisoblanadi. Talabalar IT yo‘nalishlarning keng tanlovi orasidan keraklisini tanlab, ushbu yo‘nalishda chuqur bilimlarni o‘zlashtiradilar.