– Eldor aka, aslida uşbu takliflar şu paytgaça qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan mustahkamlab qöyilgan. Ularning mamlakat boş qonunida aks etişiga qançalik zarurat bor?

– Avvalo, konstitutsiyaviy islohotlarning boşlanğiç nuqtasi, maqsadini aniqlab oliş kerak. Bu borada xorijiy tajribaga qaraydigan bölsak, davlat rahbari tomonidan belgilangan yönalişlar asosiy örinda turadi. Masalan, Fransiyada 1958 yildan, ya’ni 5-respublika davridan buyon mamlakat konstitutsiyasiga 24 marta özgartiriş va tuzatişlar kiritilgan. Bu özgartirişlar 24 ta konstitutsiyaviy qonunda aks ettirilgan. Bu jarayon bevosita Fransiya prezidentining taşabbusi bilan amalga oşirilgan.

Mazkur misol bilan şuni aytmoqçimanki, Fransiyada konstitutsiyaviy islohotlar davlat rahbarining taşabbusi bilan amalga oşirilişi odat tusiga kirgan. Şu nuqtayi nazardan ham Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga start berişda prezidentimiz tomonidan 9 ta yönalişdagi islohotlar belgilab berildi. Şularning bittasi iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlaşga yönaltirilgan.

Eldor Mahkamov, Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori

Umuman olganda, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan barça yönalişdagi takliflarning tub mohiyatida “Inson qadri uçun” degan tamoyil mujassam. Şu jumladan, iqtisodiy islohotlar jarayonidagi özgarişlarni mamlakatimiz boş qonunida aks ettirişda ham inson manfaatlarini ta’minlaş masalasi birlamçi örinda turadi.

Qanday özgarişlar nazarda tutilyapti? Haqiqatan ham xususiy mulk, uning daxlsizligi davlat tomonidan himoya qilinişi, tadbirkorlik faoliyatining erkinligi alohida qonun hujjatlarida ham belgilab qöyilgan, bu böyiça maxsus qonunlar ham qabul qilingan. Bundan taşqari, bu borada prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ham bor. lekin bugungi şaroitdan kelib çiqib uşbu qoidalarni konstitutsiya darajasida belgilaş maqsadga muvofiq hisoblanadi.

– Ilgari surilayotgan takliflardan biri xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmasligi va bekor qilinmasligiga oid. Ayni paytda davlat uluşi yuqori bölgan korxona va taşkilotlar, obektlar xususiylaştirilmoqda