Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 22 iyun kuni tegishli qarorni imzolab, Qo‘yliq bozori joylashgan hududni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga ruxsat berdi.

Qarorda mulklar kompensatsiya to‘langanidan keyin olib qo‘yilishi qayd etilgan.

Bozor yaqinidagi ko‘prikka Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan kirish va chiqish imkonini beruvchi qo‘shimcha yo‘l o‘tkazgichlar quriladi. Qarordan ma’lum bo‘lishicha, bu taklifni hukumatga shahar hokimligi hamda Transport va Qurilish vazirliklari kiritgan. Hukumat 2021 yil 12 iyuldagi 387-m-sonli maxsus farmoyishi bilan, taklifni ma’qullagan.

Yo‘l o‘tkazgichlar qurish uchun Bektemir tumani Toshkent avtomobil halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan quyidagi ko‘chmas mulk obektlari buziladi:

ManzilMulkdorHaqiqiy yer maydoni, (kv.m.)Hujjat bo‘yicha yer maydoni, (kv.m.)
1Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li“Triumvirat-Qurilish” MChJ35144

35000

2Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li“Qo‘yliq dehqon bozori” OAJ8729

7100

3Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li“Qo‘yliq dehqon bozori” OAJ44254