Hisob palatasi tomonidan amalga oşirilgan örganişlarga köra, muammoli kreditlar Namangan (44 foiz), Andijon (26 foiz) va Surxondaryo (20 foiz) viloyatlarida yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Uşbu hududlarda muammoli bölib turgan qariyb 149,4 mlrd söm kreditni doimiy daromadga ega, xususan, qariyb 89,3 mlrd sömlik muammoli kreditlarni davlat taşkilotlari va banklarda faoliyat yuritayotgan xodimlar olgan.

Muammoli kreditlarning 79 foizida qaytmaslik xatari suğurtalangan bölib, aksariyat hollarda banklar tomonidan ularni suğurta kompaniyalaridan undiriş çoralari körilmagan.

Joriy yil boşidan muammoli kreditlar uluşini kamaytirişda, banklar tomonidan ularning 69 foizi “umidsiz” deb tasniflanib, balansdan çiqariş orqali qisqartirilgan. Ya’ni amalda muammoli kreditlar qaytarilmasdan, bank tomonidan şakllantirilgan zaxiralar (xarajatlar) hisobidan qoplangan.

Örganiş jarayonida dasturlar doirasidagi muammoli kredit qarzdorliklari jami 101,2 mlrd sömga kamaytirilgan.

Şuningdek, muammoli kreditlarni bartaraf etiş, xususan kreditlar öz muddatida tölanmasligi va maqsadsiz işlatilişi böyiça quyidagi ta’sir çoralari körilgan:

  • 400 mlrd sömlik muammoli kredit qarzdorligini undiriş uçun sudlarga da’vo arizalari kiritilgan;
  • 55 mlrd sömlik muammoli kreditlar böyiça töplangan hujjatlarga huquqiy baho beriş uçun ular huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan;
  • 168 mlrd sömlik kredit qarzdorliklari böyiça sud qarorlari Majburiy ijro byurolari tomonidan undiruvga qaratilgan.

Şu bilan birga, Hisob palatasi tomonidan kelgusida qonunbuziliş holatlarining oldini oliş hamda qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilib, nazorat tadbirlari davom ettirilişi aytilgan.

Muammoli kreditlar uluşi oşib bormoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 23 iyun holatida banklarning kredit portfelidagi tadbirkorlikni rivojlantirişga yönaltirilgan kreditlar qoldiği 11,4 trln sömdan ortiqni taşkil qilgan.

Şuningdek, tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlar uluşi oxirgi 1 yilda