Xöş, bunday jazirama havoda salomatligimizni asraş uçun nimalarga e’tibor qaratişimiz zarur? Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov bu boradagi tavsiyalari bilan örtoqlaşdi. 

—  Oftob tiği ostida qoliş qator xavfli asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin, — deydi şifokor. — Xususan, inson terisining kuyişi yoki boş miya faoliyati buzilişi kuzatiladi. Oqibatda tomirlar kengayib, tanada qon aylaniş jarayoni sekinlaşadi. 

Issiq urişi boş oğriği, köngil aynişi, qayt qiliş, holsizlik kabi belgilar bilan namoyon böladi. Namlik darajasi yuqori atmosferada esa uşbu alomatlar yanada kuçayişi mumkin. 

Masalan, yurak urişi va nafas oliş tezlaşişi, köz qoraçiği kengayişi, qusiş, kuçli boş oğriği, quloq bitişi, çayqalib yuriş kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan huşdan ketiş, burundan qon kelişi, tana harorati 39-40 darajagaça kötarilişi ham şunday simptomlar sirasidan. 

Oğir holatlarda esa yuzlar qizarib, keyin oq va kökimtir tusga kiradi, muşaklar tortişadi. Bemorda alahsiraş boşlanadi. Tana harorati 41-42 darajagaça yuqorilab, çuqur behuşlik holati rivojlanadi. 
 
Semizlik, gipertoniya, yurak tuğma nuqsonlari, endokrin kasalliklaridan aziyat çekuvçilar uçun jazirama oftobi, ayniqsa xavfli. Qolaversa, yangi tuğilgan çaqaloqlar, keksa yoşli insonlar, kaşandalar, stress holatidagi kişilarda quyoş urişi alomatlari kuçayib ketişi mumkin.

  • Bunday ob-havo şaroitida vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan soçiq yoki daströmol bilan artib turiş, oçiq joyda işlaganda ora-orada salqin joyda dam oliş jazirama taftidan asraydi.
  • Jaziramada yoğli, aççiq va dudlangan mahsulotlar iste’mol qilişdan tiyiliş zarur. Köproq suyuqlik içiş qon aylaniş tizimi faoliyatini me’yorlaştirib turadi. 

Yengil, havo ötkazadigan paxta va kanop tolasidan töqilgan, tanadagi terning çiqib ketişiga tösqinlik qilmaydigan kiyimlar kiyiş kerak. Bundan taşqari, oftobdan saqlanişda turli tabiiy va sintetik krem hamda maxsus kosmetik vositalar qöl keladi. 

Oftob urişiga xos ilk belgilar paydo bölgan zahoti jabrlanuvçiga birinçi tibbiy yordam körsatiş lozim. Zudlik bilan şifokorga murojaat qilişni ham unutmaslik kerak.

Avvalo, quyoş nuri urgan kişini soya-salqin joyga olib ötib, gorizontal holda yotqiziş, oyoqlarini sal kötarib, uni yelpiş zarur.