Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada davlat resursidan ajratilgan unni qimmat narxda sotib yuborish holati aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida davlat resursidan ajratilgan un mahsulotini qimmat narxlarda sotib yuborish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil qilib, amalda o‘zi norasmiy rahbarlikni amalga oshirgan.
Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, u imzolarini soxtalashtirish orqali “Bog‘dod don mahsulotlari” AJdan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 mln so‘mlik 151,4 tonna un mahsulotini joriy yil fevral-aprel oylari uchun dislokatsiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Departament tomonidan e’lon qilingan xabarda yozilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:55 / 26.09.2023
Qirg‘izistonning bug‘doy va un eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga ta’sir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
15:34 / 25.09.2023
Qirg‘izistonda un va bug‘doy eksportiga 6 oylik taqiq joriy etildi
20:27 / 16.09.2023
Vazir o‘rinbosari: bug‘doy narxlari 20 kunlarda joyiga keladi
10:53 / 01.09.2022