Germaniyaning Noyruppin şahri sudi Zaksenxauzen konsentratsion lagerining 101 yoşli sobiq soqçisini beş yilga ozodlikdan mahrum etiş töğrisida hukm çiqardi.
U lagerdagi minglab mahbuslarning ölimiga aloqadorlikda ayblandi.
Xabar qilinişiça, sud jarayoni töqqiz oy davom etdi. Ayblanuvçi heç qaçon Zaksenxauzenda xizmat qilmagani, ayblov xulosasida körsatilgan vaqtda esa Meklenburgdagi fermada işlaganini aytdi.
Ammo prokuratura uning aybini isbotlovçi tegişli hujjatlarni taqdim etdi.
Zaksenxauzendagi konsentratsion lagerda Ikkinçi jahon uruşi tugaguniga qadar 200 mingdan ortiq mahbus saqlangan. Ön minglab mahbuslar oçlik, kasallik, majburiy mehnat, tibbiy tajribalar oqibatida vafot etgan.

















