Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida paxta hosildorligini oşiriş masalalari muhokama qilingan yiğilişda klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari kuçaytirilişi belgilandi.

Avvalo, hokimlarga klasterlarning içki iş faoliyatiga aralaşiş taqiqlanadi.
«Klaster öz işi bilan şuğullansa, tumanda sanoat, iş örinlari, eksport va daromad böladi.
Buni tuşunmagan hokimlar esa klasterlarni kun davomida majlisma-majlis olib yuriş, boşqa işlarga jalb qiliş bilan ovora», dedi prezident.
Yangi klasterlarni taşkil etiş tartibiga ham özgartiriş kiritiladi.
Bundan buyon bitta tumanda köpi bilan 2 ta klaster taşkil etişga ruxsat beriladi (hozir – 3 tagaça).
Paxtaçilik kengaşi

Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergaça hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlarimiz qaysi hosildor uruğlarni ekişni va ularni qayerdan olişni bilmayapti.
Sönggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil bölib qolayotgani, yangi turdagi haşoratlarning köpayib borayotgani uşbu şaroitga çidamli navlarni köpaytirişni taqozo qilmoqda.
Yiğilişda ğözani öğitlaşni özgartiriş, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga soliş vaqti-soati kelgani qayd etilgan.
Şu bois prezident huzurida Innovatsiya vaziri I.Abdurahmonov boşçiligida Paxtaçilik kengaşi taşkil etilişi belgilandi. Kengaş:
- har yili hosildor va ertapişar navlarni hududlar kesimida köpaytiriş va ekişni har bir klaster böyiça belgilab beradi;
- iqlim va harorat özgarişlariga mos bölgan öğitlaş sxemasini işlab çiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qöllaşni tartibga oladi;
- keyingi yillarda haşoratlar eng katta muammo bölişini inobatga olib, ularga qarşi kuraşiş böyiça har bir hududga mos agrotexnologiyalarni işlab çiqadi.



















