O‘zbekiston | 14:56 / 28.06.2022
12861
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimlik Toshkentning 12 ta tarixiy darvozasi bo‘yicha dastlabki eskizlarni namoyish etdi

Toshkent shahrining tarixiy darvozalarini qayta tiklash bo‘yicha ishchi guruh o‘z ishini davom ettirmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

24 iyun kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Faxriddin Dovruqov raisligida Toshkent shahrining 12 ta tarixiy darvozalarini qayta tiklash bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv birinchi qismida konseptual masalalar muhokama qilindi. Ulardan asosiylari:

  • turistik diqqatga sazovor joylar va obektlarning tarixiy jihatdan haqqoniyligini birlashtirish, tarixiy muvofiqlikka intilish va qadimgi darvozaga shartli ravishda o‘xshash zamonaviy inshootni qurish;
  • darvozalar o‘rnida qurilmalar mavjudligi, tarixiy joylashuvga qat’iy rioya qilish kerakligi yoki darvozani bo‘sh joyga ko‘chirish lozimligi;
  • qurilgan darvozalarni atrofdagi binolar, yo‘llar, bog‘lar, kanallar bilan optimal tarzda birlashtirish;
  • darvoza bitta bino yoki o‘z ichiga muzeylar, qo‘riqchilar haykallari, yodgorliklar do‘konlari, hunarmandlar rastalari va boshqa tegishli infratuzilmaga ega sayyohlik majmuasi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Tadbir ikkinchi qismida “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Kompaniya takliflarini kelgusi ish uchun zamin sifatida qabul qilishga qaror qilindi.

Toshkentning 12 ta darvozasini qayta tiklash loyihasi O‘zbekiston prezidentining “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi davlat dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Mavzuga oid