Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan uruğçilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta işlab çiqariş hajmini oşiriş hamda paxtani çuqur qayta işlaş asosida töqimaçilik mahsulotlari eksportini köpaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Yiğilişda ilmga asoslangan uruğçilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta hosildorligi va hajmini kamida 30 foizga oşiriş hamda paxtani çuqur qayta işlab, soha eksportini kamida 2 baravarga köpaytiriş muhokama qilinmoqda.
«Bu – iqtisodiyotimiz uçun juda katta imkoniyat va zaxiradir. Töqimaçilik bizga kam xarajat bilan oltindan ham köp daromad keltiradigan soha hisoblanadi.
Şuning uçun biz sohada töliq klaster tizimini joriy etdik. Bugungi kunda paxta tolasini özimizda 100 foiz qayta işlaş yölga qöyildi (beş yil avval 40 foiz tola qayta işlangan).
Sohani qöllab-quvvatlaş uçun sönggi uç yilda töqimaçilik klasterlariga 23 trln sömdan ziyod imtiyozli mablağlar ajratildi. Bundan taşqari, klasterlarning özlari ham qariyb 7 trln söm xususiy investitsiyalar yönaltirdilar. Natijada 350 ga yaqin yirik fabrikalar işga tuşirildi.
Işlab çiqariş hajmi 5 barobarga oşdi, eksport esa 4 barobarga ösib, qariyb 3 mlrd dollarga yetdi», dedi prezident.

Bugungi kunda tolani qayta işlaş quvvatlari 1 million 300 ming tonnaga yetgani, lekin 1 million tonna tola işlab çiqarilayotgani ta’kidlandi.
Ya’ni hozirning özida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi beş yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oşadi. Şundan 300 ming tonnasi sun’iy tola bölsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.
«Nima uçun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam bölsa-da, tolani deyarli teng hajmda işlab çiqaradi? Buning asosiy sababi - hali ilmga, zamonaviy texnologiyalarga joylardagi rahbarlarning e’tibori va mas’uliyati past», dedi prezident.
Davlat rahbari qayta işlaş borasidagi işlar ahvoliga töxtaldi.
Ip-kalavani tayyor mahsulotgaça qayta işlaş darajasi mamlakatimizda 23 foizni taşkil etadi. Buning oqibatida yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda.


















