«Ehtimol, yaqin kelajakda Özbekistonda qazib olingan gazning hammasi Özbekistonda qoladigan böladi, çunki kimyo zavodlari kengaymoqda, içki iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş kerak. Ha, eksport bor edi, lekin bizda hali ham iqtisodiy dinamika öylagandek emas. Biz iş örinlari yaratişimiz kerak, lekin toza körinişda eksportni amalga oşiriş kerak – uni qayta işlaş va qöşimça qiymat zanjirlarini yaratiş iqtisodiyot uçun qançalik foydali?» – dedi Normatov. U eksportning töxtatilişi 2025-2026 yillarga borib sodir bölişi mumkinligini ta’kidlab ötdi.

Ayni paytda Özbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda. Normatovning sözlariga köra, foiz Özbekistonning içki ehtiyojlaridan kelib çiqib, oydan oyga özgarib turadi. Odatda, eksport qilinadigan gaz hajmi qişda kamayadi, yozda esa köpayadi. 

«Özbekiston hududida faoliyat yurituvçi kompaniyalar bor, ularning oldida bizda ma’lum majburiyatlar bor. Ya’ni, loyihalar iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş maqsadida – Xitoy kompaniyalari, Rossiya kompaniyalari – biz ularga gaz eksportini ta’minlaymiz (eksport uçun gaz Özbekiston içki bozoridagi narxlardan bir neça baravar yuqori narxlarda sotiladi). Ya’ni bularning barçasini içki bozorga yönaltirişimiz mumkin edi, lekin biz özimizdagi kelişuvlarga amal qilamiz», dedi «Öztransgaz» rahbari.