Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sirka ichib joniga qasd qilgan ayol shifoxonada vafot etdi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura nazorati ostida Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Bog‘bonlar mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyat prokuraturasi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri Bog‘bonlar mahallasi Yangiravot ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.M. sirkadan (uksus kislotasi) o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

11:17 / 18.08.2025
Xitoy kompaniyasi Taxtaqoracha dovoni tunnelini qurish loyihasiga qiziqish bildirdi

19:32 / 15.08.2025
Xitoy kompaniyasi Toshkent-Samarqand yangi temiryo‘li qurilishida ishtirok etishga qiziqmoqda

11:07 / 13.08.2025
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi

21:19 / 07.08.2025