Rossiyaning xususiy banklar orasida kattaligi jihatidan uçinçi örinda turuvçi “Sovkombank” banki Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan tuzilgan “Özagroeksportbank”ni töliq sotib olişni nazarda tutuvçi bitimni bekor qildi. Bu haqda “Sovkombank” boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Sergey Xotimskiy ma’lum qilgan.
“Afsuski, bizga, şuningdek, Rossiyaning deyarli barça tizimli banklariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Hozirgi şaroitda loyihani amalga oşiriş imkonsiz. Tomonlarning özaro qaroriga köra bitim bekor qilindi”, — deya ma’lum qilgan bank matbuot xizmati.
AQŞ joriy yilning fevral oyi oxirida “Sovkombank”ga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. Keyinçalik bir qator boşqa davlatlar tomonidan ham xuddi şu kabi qarorlar qabul qilindi.
“Özagroeksportbank”ni Rossiya “Sovkombank”iga sotiş böyiça bitim 2022 yilning 23 fevralida tuzilgan edi. Unga köra, “Sovkombank” “Özagroeksportbank”ning 100 foiz davlat uluşini 4 million dollarga sotib olişi kerak edi.
Ma’lumot uçun, “Özagroeksportbank” 2017 yilda taşkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati agrosanoat sohasidagi işlab çiqaruvçilar va eksportçilarni qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.

















