“Inshoot” loyihasining navbatdagi soni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar mahallasida joylashgan, trenddagi minimalizm uslubida qurilgan xonadonga bag‘ishlanadi. 6 sotixli hovlidagi uyning umumiy maydoni qariyb 700 kvadrat metr. Yangi hovli sotuvga qo‘yilgan.
Xonadon 2 qavat bino va yerto‘ladan iborat. Uyning fasad qismi och kulrang rangda bo‘lib, qora rangdagi oyna romlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
Hovlida yashil hudud, yozgi oshxona va 2 ta avtomobil uchun joy ajratilgan. Maysadan tashqari joylarda odatiy bruschatkalardan emas, balki suv va qorga bardoshli keramogranit qurilish materialidan foydalanilgan. Shuningdek, hovlida yozgi oshxona va elektroavtomobillarni quvvatlash uchun alohida joy ajratilgan.



Xonadon ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, mehmon va mezbonlar uchun alohida kirish eshigi qilingan. Birinchi bo‘lib mehmonlar uchun ajratilgan eshikdan kiradigan bo‘lsak, u yerda yuvinish xonasi va yog‘och javon o‘rnatilgan, dahlizning shift qismi moviy ottochento mahsulotidan qilingan. Mehmonxona uchun neytral rang tanlangan bo‘lib, televizor hudud va bio-kamin o‘rin olgan.
Xonadon ikki qismga bo‘lingan, ya’ni mehmonlar va mezbonlar uchun kirish eshiklari alohida. Mehmonlar uchun ajratilgan eshik kichik dahlizga olib kiradi: bu yerdagi yog‘och javonga kiyimlarni ilib, yuvinish xonasi, mehmonxona va oshxonadan biriga kirish mumkin. Mehmonxona uchun neytral rang tanlangan bo‘lib, undan televizor hududi va bio-kamin o‘rin olgan.


1-qavatdagi yotoqxona kengligi va qulayliklari bilan master-yotoqxonadan qolishmaydi. Unda alohida garderob zona va yuvinish xonasi bor.
1-qavatning mezbonlar uchun ajratilgan qismda yumshoq hududga ega holl va oshxona joylashgan. Oshxonada qo‘shimcha havo almashtirish tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, markaziy qismida Braziliya granitidan yasatilgan oshxona stoli hamda ovqatlanish burchagi o‘rin olgan.



















