O‘zbekiston | 12:26 / 29.06.2022
9529
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida chiqindilarni elektron motorollerlar yordamida olib chiqib ketish yo‘lga qo‘yildi

Foto: Metall lazer

Farg‘ona viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi chiqindilarni elektron motorollerlar yordamida olib chiqib ketishni yo‘lga qo‘ydi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabariga ko‘ra, boshqaruv tashkilotlari uchun berilayotgan ekologik toza, shovqinsiz ishlovchi elektron motorollerlar mahalliylashtirish tamoyillariga asosan “Metall lazer” MChJ tomonidan ishlab chiqarilmoqda.  

Foto: Metall lazer

Ma’lum qilinishicha, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer hududlarni obodonlashtirish, sanitar-gigiyena talablari asosida ozoda saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 

Mazkur uskuna ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan bir qatorda, atrof-muhitning zaharli gazlardan ifloslanishi oldini olishi bilan ham ahamiyatli. Farg‘ona viloyatidagi 48 ta boshqaruv servis kompaniyasiga zamonaviy motorollerlar yetkazib berish rejalashtirilgan. 

Foto: Metall lazer

Ma’lumot uchun, bir dona elektron motorollerning narxi 32 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid