Qöriqxona ma’muriyatining xabar berişiça, qöriqlaş xodimi boş mutaxassisi Abdulaziz Xudoyqulov va qöriqlaş xodimi Hasan Rahmonov tomonidan örnatilgan yaşirin fotoqopqonlarga yana bir boş qor qoploni videotasvirga muhrlangan.
Qayd etilişiça, qor qoploni – Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi va Özbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi.
Şuningdek, u SITES - yöq bölib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qiliş töğrisidagi Konvensiya röyxatiga kiritilgan. Qor qoplonini ovlaş qat’iyan taqiqlangan.
Qor qoploni Özbekistondan taşqari Xitoy, Nepal, Qirğiziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozoğiston, Hindiston, Afğoniston va Butan kabi davlatlar hududida uçraydi.
Muşuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, «Hisor» davlat qöriqxonasida qor qoplonining erkin yaşaş tarzi va köpayişi uçun doimiy muhofaza çoralari amalga oşirib kelinadi.
«Hisor» davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonlar fevral va mart oylarida ham uç marta qor qoplonini tasvirga olgandi.
















