07:30 / 29.06.2022
3266

«Hududgazta’minot» iste’molchilarning penya va majburiy to‘lov bo‘yicha shikoyatlariga javob berdi

Yangi “aqlli” hisoblagichlarni bosqichma-bosqich o‘rnatish va ularni “Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritish avtomatlashtirilgan tizimi”ga  integratsiya qilish munosabati bilan, gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar onlayn tizimga o‘tkazildi. 

Foto: Kun.uz

“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, ishlatilgan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov tizimi joriy etildi, bu iste’mol qilinadigan tabiiy gaz uchun qarz bo‘lish va noto‘g‘ri hisob-kitoblar oldini oladi.

Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekistondagi barcha hovli uylarga yangi smart-hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lindi, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga o‘rnatish ishlari tez orada yakuniga yetadi. Iste’mol qilingan tabiiy gaz ko‘rsatkichlari uzatilishi hisobdonlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi va abonentlar o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda kechiktirilgan to‘lovlar uchun "penya hisoblash" kabi tushunchalar yo‘qolishiga olib keladi.

“Biroq oxirgi vaqtlarda "Hududgazta’minot" AJga iste’molchilardan ko‘chmas mulkni sotish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish davrida gaz uchun to‘lovlar kechiktirilgani sababli penya hisoblash va majburiy to‘lash bilan bog‘liq shikoyatlar kelib tusha boshladi”, deyiladi ma’lumotda.

"Hududgazta’minot" AJ iste’molchilarni kechiktirilgan to‘lovlar uchun majburiy tarzda penya undirish noqonuniyligi to‘g‘risida xabardor qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblashini bildirgan va abonentlardan 1104 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Gaz ta’minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari" guruhiga o‘z huquqlari buzilgani to‘g‘risida xabar berishni so‘ragan.

Top