O‘zbekiston | 07:32 / 29.06.2022
5079
2 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyaviy islohot uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

Taklif etilayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasida Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga 170 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Foto: Kun.uz

Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidovning so‘zlariga ko‘ra, islohot uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Komissiya birinchi bosqichda asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib bordi, taklif va mulohazalarni o‘rgandi, so‘ng konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etdi.

Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish. Joriy yilning 25 iyundan 5 iyuliga qadar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi.

«Konstitutsiya barchamizga tegishli asosiy hujjatimizdir. Shuning uchun ham bu jarayonda har kim faol ishtirok etishi, o‘z fikrini bildirishi kerak. Eslatib o‘tamiz, 25-26 iyun kunlari jami 2658 ta taklif va mulohazalar kelib tushgan. Olingan takliflarning asosiy qismi aholi vakillari tomonidan yuborilgan», — dedi Saidov. 

Uchinchi bosqich - referendum o‘tkazish. Bu jarayon o‘zbekistonliklarning bugungi islohotlarga munosabatini namoyon etadi.

– Umuman olganda, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolarimizning faolligi sezilarli bo‘layotgani e’tiborga molik, – deydi Akmal Saidov. 

Mavzuga oid