Ta’kidlanişiça, Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) ğalabaning asosiy omillari sifatida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan turizm sohasida yuritilayotgan oçiqlik siyosati, viza rejimining soddalaştirilişi, madaniy merosni saqlaş, tarixiy şaharlarni obodonlaştiriş kabi köplab islohotlarni e’tirof etgan.
Şuningdek, Xiva şahrining tarixiy qiyofasi tiklanişi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oşirilgan işlar, sayyohlarning katta oqimini qabul qiliş uçun yaratilgan şaroitlar, infratuzilmaning yaxşilangani alohida qayd etilgan. Bundan taşqari, turizm va unga yondoş sohalar tadbirkorlari uçun yaratilgan qulay şaroitlar yuqori baholangan.

“Islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xorazm viloyatining Xiva şahrida IHTga a’zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma’muriyatlari rahbarlarining yiğilişi yuqori darajada ötkaziladi. Şu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini oçib beruvçi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotokörgazmalar va art-ekspozitsiyalar bölib ötadi.
2018 yilda Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan “Ipak yöli” xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotçilari iştirokida ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi”, – dedi Özbekiston delegatsiyasi rahbari – Boş vazir örinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.

Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan şaharlar nomzodi qöyilgan bölib, bular:
- Abu-Dabi (BAA);
- Şanliurfa (Turkiya);
- Laos (Nigeriya);
- Duşanbe (Tojikiston);
- Xiva (Özbekiston).
Sönggi yilda bu şaharlar orasida nominatsiyada ğoliblik uçun şiddatli kuraş kuzatildi. Şunga qaramay, Özbekistonning bu yönalişda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida Xiva şahrining “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olişiga doir qarorga kelinişiga erişildi.
Ta’kidlaş joizki, ğalabaga erişiş yölida Özbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi 2019 yildan buyon tizimli ravişda iş olib bormoqda, ya’ni bu orada Xiva şahri nomzodi kiritilib, IHTga a’zo davlatlar bilan tegişli işlar olib borilgan – IHT davlatlarining turistik ma’muriyati rahbarlari bilan onlayn uçraşuvlar, muzokaralar va taqdimotlarning ötkazilişi şular jumlasidandir”, – deyiladi vazirlik xabarida.

















